Frazeologiya – iboralarni, frazeologik bog'lanishlarni, iboralarning ma'no tarkibi, iboralarning turlari kabilar bilan shug'ullanadi.
Leksikografiya (lug'atshunoslik) – ma'lum bir til yoki ikki va undan ortiq til so'zlarini yig'ib, tizimlashtirilgan holda lug'at tarzida chiqarishni o'rgana-di. Leksikografiya lug'at va uning turlari, lug'atshunoslik muammolari bilan shug'ullanadi.
Morfemika – so'zlarning ma'noli qismlarini – o'zak va qo'shimchalarni, o'zakning xususiyatlari va turlari, qo'shimchalarning vazifasi, tuzilishi, joylashishi, turlarini o'rganadi.
So'z yasalishi – har qanday usul bilan bo'lsada, yangi so'z hosil qilish yo'llarini tekshiradi.
Morfologiya – grammatikaning bir qismi bo'lib, so'zlarning turli xususi-yatlariga ko'ra guruhlanishi – turkumlarga ajratilishi, grammatik o'zgarishi, so'z shakllari haqidagi ta'limotdir.
Sintaksis – bu bo'lim ham grammatikaning bir qismi bo'lib, so'zlarning o'zaro erkin bog'lanishi, bu erkin bog'lanish natijasida hosil bo'lgan so'z birikmasi va gapni, ularning turlari va xususiyatlarini o'rganadi.
Punktuasiya – tinish belgilarining ishlatilishini belgilab beradi.
Uslubiyat – til uslublari, leksik, grammatik sinonimiya, til vositalarining ma'no va qo'llanish imkoniyatlarini tekshiradi.
Adabiy tilning har qaysi bo'limlari o’z qoidaqonunlariga ega. Bu qoida qonunlar til me'yorlari deyiladi.
6- mavzu. FONETIKA. O’ZBEK TILINING TOVUSH TIZIMI
Do'stlaringiz bilan baham: |