T – undosh, tiltish, portlovchi, jarangsiz, shovqinli
F – undosh, lab-tish, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli
X – undosh, chuqur til orqa, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli
CH – undosh, til-milk, qorishiq, jarangsiz, shovqinli
SH – undosh, til-milk, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli
Q – undosh, chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli
G' – undosh, chuqur til orqa, sirg'aluvchi, jarangli, shovqinli
H – undosh, bo'g'iz, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli
ng – undosh, sayoz til orqa, yarim portlovchi, jarangli, sonor
Hozirgi o'zbek adabiy tilida Ff va Vv undoshlari o'ziga xos xususiyatga ega. Ff undoshi o'zbek tiliga xos undosh bo'lmay, bu tovush faqat o'zbek tiliga chetdan qabul qilingan so'zlardagina uchraydi: fabrika, familiya, farq, farmon kabi. Vv undoshi ikki xil xususiyatga ega: o'zbekcha so'zlarda (hovli, ovora, kissavur) lablab sirg'aluvchi; o'zlashgan so'zlar tarkibida esa (vagon, vaqt, Vali) labtish sirg'aluvchi sifatida talaffuz qilinadi.
Hozirgi o'zbek tilida talaffuzda so'zning turli o'rinlarida jarangli undoshlar jarangsizlashish xususiyatiga ega: kitob – kitop, maktab – maktap, ketgan – ketkan kabi.
Jonli so'zlashuv yoki dialektal xususiyatlarga ko'ra ayrim tovushlar bosh-qacharoq talaffuz qilinishi mumkin: bunday – munday, yuz so'm – yus som, uchta – ushta, ketdi – ketti, o'n besh – o'mbesh kabi.
Burun undoshi «ng»dan keyin g undoshi bilan boshlanuvchi morfemalar kelsa, ng ikkilanishi mumkin: tong – tongngacha, otangga – otangnga kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |