h undoshi ayrim shevalar (masalan, Toshkent)da h yoki x undoshiga yaqin, yoki aksincha (masalan, Andijon), talaffuz qilinadi: ham - xam, hozir - xozir yoki hil - hil, xil - xil kabi.
9- mavzu. TOVUSH O'ZGARISHLARI
reja:
1. Tovushlarning o'rin munosabatiga ko'ra (kombinator)
o'zgarishlari.
2. Tovushlarning vaziyatiga ko'ra (pozitsion) o'zgarishlari.
3. Xulosa.
Nutq jarayonida so'z tarkibidagi tovushlar o'zaro birbiriga ta'sir qiladi va turli o'zgarishlarga uchraydi. Tovush o'zgarishlariga turli holatlar sabab bo'-lishi mumkin. Ko'pincha bunday o'zgarishlarga tovushlarning o'rin munosa-batlariga ko'ra joylanishi bo'lsa, ikkinchi tomondan, tovush hosil qilish, hosil bo'lgan tovushlarning so'z tarkibida birikishida nutq a'zolarining turli vazi-yatda bo'lishi ham sabab bo'ladi. Bunday tovush o'zgarishlari ana shu xususiyatlariga qarab dastlab ikki yirik guruhga ajratiladi:
1. Tovushlarning o'rin munosabatiga ko'ra (kombinator) o'zgarishi.
2. Tovushlarning vaziyatiga ko'ra (pozitsion) o'zgarishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |