N. raimnazarova
reja: Tovush va harf
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
reja:
Tovush va harf. Alifbo. Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi. Xulosa. Nutq tovushlari til uchun moddiy baza sanaladi. Chunki inson tili tovush tilidir. Tildagi so'zlar, iboralar, gaplar umuman, nutq ana shu tovushlar vositasi bilan shakllanadi. Har qanday tovush biror jismning havo to'lqinida tebranishi natijasida paydo bo'ladi. Nutq tovushlari esa tovush paychalarining tebranishidan hosil bo'ladi. Nutq tovushlari – ijtimoiy hodisa. Nutq tovushlari faqat insoniyatga xos. Biz fikrimizni nutq tovushlari yordamida bayon qilamiz. Biz nutqimizni yozma ravishda ham bayon qilamiz. Bu vaqtda yozma nutq harflar ketmaketligidan tashkil topadi. Yozma nutqni shakllantiruvchi, boshqa mayda bo'lakka bo'linmaydigan eng kichik grafik belgi harf hisob-lanadi. Harflar nutq tovushlarining yozuvdagi aksi, tasviridir. Shuning uchun har bir tilda harflar shu tilning tovushlariga qarab olinadi. Bir tovushga bir harfni to'g'ri keltirishga harakat qilinadi. Harflarni xotirada yaxshi saqlash va lug'at tuzishda ma'lum izchillikka amal qilish maqsadida harflar muayyan tartibda joylashtiriladi. Muayyan tartibda joylashtirilgan harflar tizimiga alifbo deyiladi. So'zlarni alifbo tartibida joylashtirish amaliy ahamiyatga ega, jumladan, lug'atlar, kutubxona kartotekalarini, kishi familiyalari ro'yxatini tuzishda zarurdir. Lotin grafikasiga asoslangan yangi o'zbek alifbosi quyidagi harflarni o'z ichiga oladi: a, b, d, е, f, g, h, i, j, k, I, m, n, o, p, q, r, s, t, u, v, x, y, z, o', g', sh, ch, ng. Bulardan a, o, o', u, i, e unli tovushlarni, b, v, y, k,... kabi harflar undosh tovushlarni ifodalaydi. Har bir unli tovush alohidaalohida harflar orqali ifodalanadi. Undosh-larda bir tovushni ikki harf orqali ifodalash hollari ham uchraydi: sh, ch, ng kabi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1993 yil 2 sentabr-da tasdiqlangan lotin alifbosiga asoslangan yangi o'zbek alifbosida 29 harf va bir belgi (tutuq belgisi) bor. O'zbek tilida jami 31 tovush mavjud. Shu tovushlardan ts va s tovushlari bitta s harfiga; j (sirg'aluvchi) va j (qorishiq) tovushlari bitta j harfiga birlashtirilgan. Alifbo: Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling