N. raimnazarova
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaplologiya.
- URGU VA BO’G’IN HAQIDA
Reduksiya – lotincha, aslida orqaga qaytish ma'nosida bo'lib, so'z tarki-bida urg'usiz bo'g'indagi unli tovushning yoki bir bo'g'inli so'zlarda undosh-lararo vaziyatdagi tor unlilarning qisqarishidir. So'z tarkibidagi ayrim unli tovushlarning sifat jihatdan odatdagidan ko'ra qisqaroq talaffuz qilinishiga reduksiya deyiladi. Misollar: bir – b:r, bil – b:l, biz – b:z, bilan – b:lan, biroq – b:roq kabi.
Eliziya. So'z tarkibidagi ayrim tovushlarning tushish hodisasiga eliziya deyiladi. Eliziyaning bir qancha ko'rinishlari mavjud: 1) ayrim egalik qo'shimchasini olgan so'zlarda o'zakdagi keyingi unli tushib qoladi: shahar – shahrim, o'g'il – o'g'li, singil – singlim kabi; 2) unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so'zning qo'shilishidan unlilardan biri tushib qoladi: yoza oldi – yozoldi, bora oladi – boroladi kabi; 3) undosh bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so'zning qo'shilishida keyingi unli tushib qoladi: borar ekan – borarkan, kelgan emish – kelganmish kabi; 4) so'z tarkibidagi bir necha tovush (unliundosh) tushib qoladi: Abdusalom – Absalom, Abdu-jabbor – Abjabbor, Muhammadkarim – Matkarim kabi. Bular eliziyaning yuqori – murakkablashgan ko'rinishidir. Eliziyaning murakkablashishi natija-sida so'zlarning qisqargan shakli hosil bo'ladi. Proteza. Tarixan so'z boshida qo'llanmaydigan va so'z boshida qator kelgan undosh fonemalardan oldin bir unli tovushining orttirilishiga proteza deyiladi. Misollar: shkaf – ishkaf, stol – ustol, rus – o'ris, stakan – istakan kabi. Epenteza. So'z oxiridagi qator kelgan undosh fonemalardan keyin bir unli tovushning orttirilishiga epenteza deyiladi. Masalan, tank – tanka, kiosk – kioska, blank – blanka, bank – banka, otpusk – otpuska kabi. Prokopa. So'z boshida ayrim undosh fonemalarning tushirilish hodisasiga prokopa deyiladi: yiroq – iroq, yog'och – og'och, yirtilmoq – irtilmoq, yigir-moq – igirmoq kabi. Apokopa. So'z oxirida qator kelgan undosh fonemalardan birining tushirilishiga apokopa deyiladi. Misollar: sust – sus, g'isht – g'ish, go'sht –go'sh, daraxt – darax, Toshkent –Toshken, Samarqand – Samarqan kabi. Sinkopa. So'z tarkibida qator kelgan undosh fonemalar o'rtasida bir unli tovushning orttirilish hodisasiga sinkopa deyiladi: plan – pilan, tramvay – tiramvay, plug – piluk, kran – kiran, qirq – qiriq, baxt – baxit, daraxt –daraxit va boshqalar. Diereza. So'z tarkibida qator kelgan undosh tovushlardan birining tushirilishiga diereza deyiladi. Masalan, sentner – sentir, povestka – poveska, tonggi – tongi, Munavvar – Munavar, Mukarram – Mukaram, Muhabbat – Muhabat kabi. Sinerezis. So'z tarkibida qator kelgan unli fonemalarning tushirilish hodi-sasiga sinerezis deyiladi. Misollar: Saodat – Sodat, maorif – morif, sanoat – sanot, matbaa – matba kabi. Gaplologiya. So'z tarkibida qator kelgan bir xil so'z bo'g'inlaridan birining tushirilish hodisasiga gaplologiya deyiladi. Misollar: stepependiya – stependiya (asli stepependiya < stepen – daraja, pendiya – nafaqa, daraja-siga ko'ra nafaqa demakdir), morfolologiya – morfologiya, mineralologiya – mineralogiya, tragikokomediya – tragikomediya, morfofonologiya – morfonologiya va b. 10- mavzu. URG'U VA BO’G’IN HAQIDA Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling