N. raimnazarova
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Urgu olmaydigan ayrim shakllar. 4.
MA’LUMOT
reja: 1. Urg'u haqida ma'lumot. 2. Urg'uning turlari: a) o'rniga ko'ra: erkin va turg'un urg'u; b) sifatiga ko'ra: dinamik va melodik urg'u; c) so'z (leksik) va gap (mantiqiy) urg'usi; d) bosh va ikkinchi darajali urg'u. 3. Urg'u olmaydigan ayrim shakllar. 4. Bo'g'in va uning tasnifi. 5. Ochiq bo'g'in va yopiq bo'g'in. 6. Xulosa. So'z bo'g'inlaridan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq aytilish hodi-sasiga urg'u deyiladi. So'zda faqat unli tovushlargina urg'u oladi. Ko'p bo'g'inli so'zlarda urg'u olgan bo'g'in boshqalariga nisbatan kuchliroq, zarb bilan aytiladi. Masalan, kitob, kitobim, kitobdan kabi. So'z bo'g'inlarida urg'uning qo'llanilishi hamma tillarda bir xil emas. Urg'u tushadigan bo'g'in o'rin jihatidan farqlanadi, shunga ko'ra urg'u dastlab erkin urg'u va turg'un (bog'li) urg'uga ajratiladi. Erkin urg'u so'zning istagan bo'g'iniga tushishi mumkin. Masalan, rus tilidagi urg'u erkin urg'udir, shuning uchun u so'zning boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham kela oladi: atlas, traktor, moloko kabi. O'zbek tili urg'usi turg'un (bog'li) urg'udir, chunki o'zbek tilida urg'u doim so'zning oxirgi bo'g'Inida keladi, bu, ayniqsa, so'zlar turli qo'shimchalar olib kengayganda yaqqolroq ko'zga tashlanadi: ishchi, ishchilar, ishchilarimiz, ishchilarimizga kabi. Urg'uning erkin bo'lishi ba'zan so'z ma'nolarini farqlash va, ayniqsa, so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish uchun katta xizmat qiladi. Masalan, qatlama – ot, qatlama – fe'l; hozir – payt, ravish, hozir – mavjud-lik, ot kabi ma'no farqlasa, televizor so'zi to'g'ri talaffuz normasini belgilab beradi: televizor emas, televizr kabi. Hatto so'nggi urg'usiz bo'g'indagi o tovushi nol darajaga yaqinlashadi. Urg'u sifatiga ko'ra dinamik (kuch) urg'u va melodik (musiqiy – cho'ziq) urg'uga ajratiladi. O'zbek tili urg'usi dinamik urg'udir, chunki bunda urg'u tushgan bo'g'in boshqalariga nisbatan kuchliroq aytiladi va urg'usiz bo'g'in-lardan ko'ra aniqroq talaffuz qilinadi: shaharliklardan kabi. Musiqaviy urg'uda zarb kuchli bo'lmay, ohang kuchli bo'ladi. Xitoy, yapon, litva, rus va boshqa tillari urg'usi musiqaviy urg'udir. Buni o'zbek tilidagi infinitiv, vokativ, ritorik so'roq gaplarda, shuningdek, erkalash, olqishlash, suyish va hurmat ma'nolarini anglatadigan vositalarda (uka-a-jon, yo’g’e-e, do-o-od kabi) kuzatish mumkin. Urg'ular qanday til birliklarida qo'llanishiga ko'ra ham ikkiga bo'linadi: so'z urg'usi (leksik) va gap urg'usi (logik – mantiqiy). Gap urg'usi yoki mantiqiy urg'u gap tarkibidagi so'zlardan biriga tushi-riladi. Urg'u olgan so'z yoki bo'lak gap tarkibidagi boshqa so'z yoki bo'lak-larga nisbatan ajratilib aytiladi (bunda ohangning ahamiyati katta), diqqat urg'uli so'zga qaratiladi, aynan shu so'z yo bo'lakdan anglashilgan ma'no ajratiladi, bo'rttiriladi. Bunday holatda gapda so'zlar yoki bo'laklarning tartibida ham o'zgarish yuz berishi mumkin, chunki so'z urg'usidagi kabi gap urg'usida ham urg'uli so'z yoki bo'lak har vaqt gap oxiriga intiladi. Qiyoslang: Bugun kinoga men bordim – sen emas; Men kinoga bugun bordim – kecha emas; Men bugun kinoga bordim – teatrga emas; Men bugun kinoga bordim – bormay qolmadim kabi. Yoki Salim ukam injener bo'ldi gapida ham ohangning o'ziga xos o'zga-rishini kuzatish mumkin. So'z urg'ulari ahamiyat jihatdan bosh (bilamchi) va ikkinchi darajali (ikki-lamchi) urg'ularga ajratiladi, lekin uning so'z ma'nosini farqlash yoki talafuz uchun qiymati uqadar sezilmaydi, bo'g'inlarning kuchlikuchsizliginigina farqlaydi, xolos. Masalan, «xizmatchiman» so'zida buni quyidagicha tasvirlash mumkin: chi mat
Xiz man
O'zbek tilida so'zlar affikslar olib kengayganda, urg'uning ham so'nggi bo'g'inga ko'chishini, almashinishini (ishchi-ishchilar kabi) kuzatdik. Biroq tilda shunday affiks va affiksyuklamalar borki, ular umuman urg'u olmaydi. Shuning uchun ular so'z oxirida kelganda ham, urg'u shu bo'g'inga ko'chmay, oldingi bo'g'inda qoladi: aytdimku, bizlargina kabi. Quyidagi affiks va affiksyuklamalar odatda urg'u olmaydi: 1) mi, ku, chi, da, yoq (oq) kabi affiksyuklamalar: bor-mi? keldimi? oldilarku, sizchi?, ertasiga-yoq; 2) kesimlik affikslari: men ishchiman, sen talabasan, u shoirdir. 3) kesimlik affikslariga xos ayrim tuslovchi qo'shimchalar: ishlagan-man, o'qiyman; 4) cha affiksi: mardlarcha, yuzlarcha; 5) gina affiksi: bizlargina; 6) ta affiksi: beshta, yuz mingta; 7) bo'lishsizlik affiksi ma: so'rama, aytma; 8) day, dek affikslari: senday, olmadek, mushttakkina kabi. Urg'u haqidagi bu qoidalarni o'zbek tiliga chetdan qabul qilingan so'zlarda tadbiq qilib bo'lmaydi, chunki bunday so'zlar, ayrim holatlarni hisobga olma-ganda, o'zbek tilida ham o'z xususiyatini saqlab qoladi: albatta, umuman, hamma, programma, akademik kabi. Bir nafas zarbi bilan aytiladigan tovushlar birikmasidan, ba'zan bir tovushdan iborat bo'lgan so'zning qismiga bo'g'in deyiladi. Masalan: otamiz so'zida uch bo'g'in bor. O'zbek tilida bo'g'in unli tovushlarsiz tuzilmaydi. So'zda qancha unli tovush bo'lsa shuncha bo'g'in bo'ladi. Bo'g'in dastlab ikki tomonlama tasnif qilinadi: 1. Bo'g'inning qanday tovush bilan tugashiga qarab: a) ochiq bo'g'in b) yopiq bo'g'in ga bo’linadi. Unli tovush bilan tugagan bo'g'in ochiq bo'g'in deyiladi: ona, ota, opa. Undosh tovush bilan tugagan bo'g'in yopiq bo'g'in deyiladi: mak-tab, rahbar, shaxmat. 2. Bo'g'inning urg'u olish olmasligiga ko'ra 2 ga bo'linadi: a) urg'uli bo'g'in; b) urg'usiz bo'g'in. Urg'u qabul qilgan bo'g'inlar urg'uli bo'g'in deyiladi. M: maktab, kitoblar. Urg'usi bo'lmagan bo'g'in urg'usiz bo'g'in deyiladi. Bir bo'g'in bittadan tortib to'rttagacha, ruscha-internasional so'zlarda beshtagacha tovushdan iborat bo'ladi: ona, bosh, tekst. O'zbek tilida bug'inlarning asosiy tiplari quyidagilar: 1. Bir unlidan iborat bo'g'inlar: u, e, o. 2 Bir unli bir undosh: un, uch. 3. Bir unli ikki undosh: bur, daftar. 4. Bir unli uch undosh: do'st, mard. 5. Bir unli to'rt undosh: tekst, punkt kabi. O'zbek tilida bo'g'in muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Undan birinchi sinfda savod o'rgatishda, she'riyatda vazn o'lchovida hamda yozuvda bir yo'ldan ikkinchi yo'lga ko'chirishda foydalaniladi. Tilshunoslikdagi bo'g'in adabiyotshunoslikdagi hijo tushunchasiga to'g'ri keladi. Hijo – arabcha bo'g'in demakdir. She'rdagi so’zning bir nafas zarbi bilan talaffuz etiladigan qismi, ya'ni she'rni nutq o'lchovidagi dastlabki ritmik birlik hijodir. Hijo ba'zan bo'g'indan farqli o'laroq undosh tovushning o'zidan ham tuzilishi mumkin. Vasl bog'i ichra sendek shoxi zolim ko'rmadim. Ishq kuyida o'zimdek notavone topmadim (A.Navoiy) baytidagi vasl, ishq so'zlaridagi l va q undoshlari mustaqil hijoni tashkil etadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling