N. raimnazarova
O'zbek tili leksikasida arabcha so'zlar
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
O'zbek tili leksikasida arabcha so'zlar. Arab tili leksikasi o'zbek tilining o'zlashgan qatlami sifatida X asrlarga kelib, butun Markaziy va O'rta Osiyo hududlari arablar tomonidan bosib olingandan keyin, yoppasiga kirib kela boshladi. Bu davrlarda arab tili faqat arablarning o'zi uchun emas, balki barcha arab davlatlari hamda arablar tomonidan bosib olingan yerlar xalq-lari uchun ham din, fan, maktab va mahkamalar tiliga aylanib qolgan edi.
Arab tili dunyodagi o'zlashtirilishi eng og'ir bo'lgan tillardan biridir. Shunday bo'lishiga qaramasdan, arablar barcha yerli aholini majburan islom diniga kiritdi, muqaddas Qur'on tilini barcha mavjud maktab va madrasa-larda ona tili o'rnida – asosiy davlat tili sifatida o'qitishga va o'rganishga erishdi. X-XI asrlarda Mahmud Koshg'ariy, Forobiy, Xorazmiy, Ibn Sino, Beru-niy, Termiziy kabi mutafakkirlar o'z ilmiy asarlarini arab tilida yaratdi. O'zbek tiliga arab tilidan olingan so'zlarni ma'nolariga ko'ra quyidagicha guruhlashtirish mumkin: 1) diniy tushunchalarni anglatuvchi atamalar: Alloh, oxirat, do'zax, jannat, shayton, farishta, imon, masjid, tahorat kabi; 2) ilmiy abstrakt atamalar: adab, ahvol, olam, abjad, qodir, xayr, shafoat kabi; 3) davlat iqtisodiy ishlab-chiqarish atamalari: mahkama, mehnat, mol, foyda, qassob kabi; 4) ijtimoiy-siyosiy atamalar: jamiyat, madrasa, muassasa, zulm, zolim kabi; 5) grammatik ma'no ifodalovchi atamalar: va, lekin, aslo, albatta, masalan, alalxusus kabi. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, arab tilidan qabul qilingan ayrim til birliklari o'zbek tili talaffuzi va imlosiga moslashtirildi, hatto arab grafika-siga isloh kiritildi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling