N. raimnazarova
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
O'zbekcha so'zlar. O'z qatlamning asosiy tarkibiy qismi o'zbekcha so'zlardir. Bu so'zlar o'zbek tilining o'zida shu tilning o'z ichki imkoniyatlari, fonetik, semantik, grammatik qonun-qoidalari asosida shakllangan so'zlar-dir. Shuning uchun o'zbek tili leksikasiga oid so'zlarni, ayrim qiyinchiliklari mavjud bo'lsa ham, o'ziga xos belgilari asosida bemalol ajratib olish mumkin. Bu belgilar quyidagicha:
1. O'zbek tili leksikasidagi barcha olmoshlar, miqdor bildiruvchi barcha tub va tarkibli sonlar hamda tub fe'llar, boshqa turkiy tillarda uchramay-digan shamol, momaqaldiroq, to'lqin, voqea va hodisa nomlari, faqat o'zbek-larning o'ziga xos kasb-hunar va dehqonchilikka oid otlar sof o'zbekcha so'zlardir. 2. O'zbekcha bir bo'g'inli tub so'zlar, asosan, V (vokal – unli) C (konsonant – undosh): ol, ot, osh kabi; qisman CV: ye< je, de kabi; asosan, CVC: bosh, tosh, tush, chiq, qo'y tipida bo'lgan. Ayrim taqlidiy so'zlarni hisobga olmaganda (chars-churs, bilq-bilq, pirq-pirq kabi), o'zbek tilida CVCC tipidagi bir bo'g'inli so'zlar deyarli uchramaydi, chunki o'zbek tilida so'z o'zaklari qator undoshlar bilan tugamaydi. Qator undoshlar bilan tugagan so'z o'zaklari ba'zan uchrasa ham, u qo'sh undosh shaklida kelib, uning birinchisi ko'pincha n,r,s,y undoshlari bo'lib, so'ng jarangsiz undoshlar keladi: ost, qayt, ayt, turt, to'rt kabi. 3. O'zbek tilida so'zlar qator undosh bilan boshlanmaydi, yo unli bilan boshlanadi yo undosh bilan boshlanib, uning ketidan unli keladi: o'zgarish, qishloq kabi. 4. O'zbek tiliga oid so'zlarning ko'pchiligi ko'p ma'nolidir. 5. Sof o'zbekcha so'zlar orasida mavhum ma'noli so'zlar oz. 6. O'zbek tiliga oid so'zlar v, g, z, l, r, ng undoshlari bilan boshlanmaydi. 7. O'zbekcha so'zlarda grafik belgilar qo'llanmaydi va b. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling