N. raimnazarova


reja: 1. O'zbek tili leksikasining taraqqiyot yo'llari


Download 0.96 Mb.
bet56/84
Sana09.11.2021
Hajmi0.96 Mb.
#172330
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84
Bog'liq
N. raimnazarova

reja:

1. O'zbek tili leksikasining taraqqiyot yo'llari.

2. O'zbek tili leksikasining o'z va o'zlashgan qatlamlari.

3. O'zbek tili leksikasining o'z qatlami:

a) umumturkiy so'zlar;

b) o'zbekcha so'zlar.

4. O'zbek tili leksikasining o'zlashgan qatlami:

a) fors-tojik so'zlari;

b) arabcha so'zlar:

c) ruscha va baynalminal so'zlar.

5. O'zbek tilining chet so'zlarga munosabati.

6. Xulosa.

Tilning lug'at tarkibi til qurilishining eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Har bir tilning, jumladan, o'zbek tilining ham lug'at boyligi, uning qay darajada ekanligi, u yoki bu xalqning shakllanish jarayoni, turmush sharoiti hamda keyingi o'sish va rivojlanish tarixi bilan bog'liq.

O'zbek tili O'rta Osiyodagi qadimiy mahalliy xalqlarning turkiy tillar tizimidagi tillaridan biri bo'lib, uning lug'at tarkibi va grammatik qurilishi ham qadimiydir. O'zbek tili leksikasi o'zining butun tarixiy takomilida shu tilning o'z ichki taraqqiyot qonunlari asosida o'sgan va rivojlangan.

Tarixiy nuqtai nazardan qaraganda, o'zbek tili leksikasida hamma turkiy tillar uchun umumiy bo'lgan so'z birliklari o'zbek tili lug'at tarkibining ham asosini tashkil qiladi. Lekin bu hozirgi o'zbek adabiy tilining butun so'z boyligi faqat o'zbekcha va umumturkiy so'zlardan tarkib topgan degan gap emas. Sababi o'zbek xalqi o'z tarixiy taraqqiyoti jarayonlarida boshqa xalqlar bilan ham siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqada bo'lib kelganki, bu, tilda ham o'z ifodasini topgan. Chunki ellar o'rtasidagi aloqa tillar o'rtasidagi aloqadir. Dunyoda hech bir sof til yo'q. Dunyo xalqlari doimo bir-birlari bilan so'z olib, so'z berib kelgan. Demak, o'zbek tili lug'at boyligida nafaqat o'zbekcha va umumturkiy lug'aviy birliklarni, boshqa tillardan qabul qilingan ko'plab so'zlarni ham uchratish mumkin. Bu til taraqqiyotining asosiy qonunlaridan biridir.

Shu jihatdan qaraganda, hozirgi o'zbek adabiy tili leksik tarkibini ikki yirik (o'z va o'zlashgan) qatlamga ajratish mumkin.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling