O'zbek tili leksikasining o'z qatlami
O'zbek tili leksikasining o'z qatlamiga oid so'zlarning mavjudligi o'zining juda uzoq tarixiga ega. U oltoy tillari alohida-alohida qabila va xalq tillari sifatida differensiatsiyalashmagan, butun turkiy qavmlar bir umumiy tilga ega bo'lmagan davrlarda shakllana boshlagan. Davrlar o'tishi bilan umum-turkiy tillarning alohida-alohida turkiy tillarga differensiatsiyalanishi ularning tillarida ham o'ziga xos ayirmalarni keltirib chiqargan. Bu o'z navbatida har bir turkiy til, jumladan, o'zbek tili leksikasining o'z qatlamini ham ikkiga ajratishga asos bo'lgan:
1. Umumturkiy so'zlar.
2. O'zbekcha so'zlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |