N. raimnazarova


Download 0.96 Mb.
bet74/84
Sana09.11.2021
Hajmi0.96 Mb.
#172330
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84
Bog'liq
N. raimnazarova

Tasviriy ifodalar – predmet, voqea va hodisalarning o'z nomi bilan emas, balki ularning xarakterli belgi xususiyatlarini tasviriy usul orqali ifodalash jarayonidir. Masalan, oq oltin – paxta, oq oltin ijodkorlari –paxtakorlar, kumush tola – pilla, zangori kema kapitanlari – mexanizator-lar va hokazo.

Tasviriy ifodalar uslubiy vosita sifatida nutqqa ko'tarinkilik, obrazlidlik baxsh etadi, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqib, lug'at tarkibini boyitadi. Nutq jarayonida takrorlardan, qaytariqlardan, qochish imkonini beradi, notiqni so'zamollikka, tinglovchini esa falsafiy mushohada etishga undaydi. Shuningdek, tasviriy ifodalar faqat jozibadorlik va obrazlilik, nutqni boyitish, uning mazmunini kuchaytirish uchungina emas, balki jamiyatning olg'a qadam qo'yishiga to'sqinlik qilayotgan illatlarni fosh qilish, ulardan kulish va ulraga qarshi kurashga chaqirish maqsadida ham ishlatiladi. Binobarin, tasviriy ifodalar predmet, voqea­hodisalarning o'z nomi orqali yuzaga chiqmagan muhim xususiyatlarini tasvirlab, bo'rttirib, izohlab va to'ldirib ko'rsatishda muhim nutqiy vosita hisoblanadi.

Har bir tilning lug'at tarkibi ustida olib borilgan ishlar shuni ko'rsatadiki, so'z ma'nolarining o'zgarishi tasodifiy bir hol bo'lmay, balki jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liq qonuniy hodisadir. Jamiyat taraqqi-yoti natijasida vujudga kelgan yangi predmet, tushunchalar har doim ham yangi so'zlar orqaligina ifodalanmay, balki predmetning ma'lum belgi­ xususiyatlarini, o'ziga xos tomonlarini ochib beruvchi so'z ma'nolari orqali ham tasvirlanadi. Shunga ko'ra, so'z ma'nolari ko'chadi, kengayadi yoki torayadi.

So'z ma'nolarining kengayishi va ko'chgan holda qo'llanishi tilning, ayniqsa, lug'at tarkibining boyligini oshiruvchi omillardan biridir. So'zlarni ko'chma ma'noda qo'llash lug'at boyligini ko'rsatuvchi, uslub ravonligi, ifoda mazmundorligini ta'minlovchi, obrazlilik yaratishga xizmat qiluvchi muhim vositadir.

Ma'lumki, so'z ma'nosining ko'chish yo'llari metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlikdir. Tasviriy ifodalar hosil bo'liishda ushbu usullarning ahamiyati katta. Masalan: oq oltin – paxta (metafora usulida), o'zbek romanchiligi maktabining asoschisi – Abdulla Qodiriy (metonimiya usulida), charm qo'lqop ustaci – bokschi (sinekdoxa usulida), fazogir – kosmonavt (vazifadoshlik usulida) kabilarda muayyan narsa­predmetga xos belgining nomi boshqa narsa­predmetdagi belgiga nom sifatida ko'chirilgan. Shunga ko'ra, tasviriy ifodalar hosil bo'lgan.

Tasviriy ifodalar ko'proq ot va sifat turkumlariga mansub bo'ladi. Tasviriy ifodalar ba'zan ikki predmetga bitta tasviriy ifoda (aql gimnastikasi – matematika, shaxmat) yoki bitta predmetga ikkita tasviriy ifoda qo'llanishi (zangori ekran, oynai jahon – televizor) mumkin.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling