ANTIPUrIzM — purizm, ya’ii tilni “sof’lashtirish, “tozalash” nazariyasiga qarshi turuvchi, nutqda maqsadga muvofiq qo‘llanilgan har qanday til birliklari norma hisoblanadi deb e’tirof etuvchi nazariyadir.
Qiyoslang: purizm
VULGARIZM — Adabiy tilning leksikasiga kirmaydigan qo‘pol so‘z va iboralar, haqorat so‘zlar.
Qiyoslang: kakofemizmlar.
DEONTIK NORMA — Umumxalq tomonidan ijtimoiy tan olingan standart namunaviy til birliklaridan foydalanish majburiy (hech bo‘lmaganda istalgan) bo‘lib qolgan davrda vujudga kelgan norma deontik norma deb ataladi.
JARGON — Biror guruh vakillarining o‘z nutqi bilan ko'pchilikdan ajralib turish maqsadida o‘zicha mazmun berib ishlatadigan so‘z va iboralari.
IJTIMOIY NUFUZLILIK OMILLARI (faktor sotsialnogo prestija) — til birliklari normasini belgilashda va baholashda eng muhim nolisoniy omil bo‘lib, ijtimoiy nufuzli til namunalari ommaviy matbuot vositalari, ya’ni radio, televidenie, kino, teatr, gazeta va jumallar tomonidan tavsiya qilib boriladi.
INTERFERENSIYA — Ona tiliga xos xususiyatlarni o‘rganilayogan tilga o'tkazish hodisasi. (0‘rganilayotgan til odatda qarindosh til bo‘lmaydi).
KAKOGRAFIYA — Ongli ravishda xatolarga yo‘l qo‘yilgan matnni o‘quvchilarga tuzatish uchun berish bilan orfografiyani o‘rgatish usuli. Bu usul pedagogik va metodik jihatdan . asoslanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |