N. U. Arabov I f. d, professor


Buyumlar Internetining tarmoqlararo kontsepsiyalari


Download 1.91 Mb.
bet40/177
Sana15.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1202806
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177
Bog'liq
RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLAR ЗУУУУУУУРРРРРР

Buyumlar Internetining tarmoqlararo kontsepsiyalari
Buyumlar Internet kontsepsiyalari deyarli barcha sohalarga va yechimlar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlarga - 1.6.3-
rasmda ko‘rsatilgandek, logistika va tijorat aqlli energiya, aqlli uylar va xizmatlar tizimlaridagi talab va javoblarni aniqlash- ga ta’sir qiladi . Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Buyumlar
Interneti chiqindilarni boshqarish, shahar kesimida rejalash- tirish, ekologik toza shahar atrof-muhitini saqlash, uzoq muddatli davolanish, favqulodda xizmatlar, aqlli xarid qilish, mahsulotlarni aqlli boshqarish, aqlli hisoblagichlar, uyni avtomat- lashtirish va aqlli tadbirlar kabi sohalarda muhim rol o‘ynaydi. .
Aqlli energotizimlarda talab va mijozlar munosabati
Energiya, kommunal va qayta tiklanadigan energiya sa- noatida aqlli tarmoqlarda talab va mijozlar munosabatini aniqlash, talab va javob o‘rtasidagi muvozanatni, ayniqsa qayta tiklanadigan energiya sanoatida muhim rol o‘ynaydi.
Bunday muvozanat shamol turbinalari va quyosh panel- lari kabi taqsimlanadigan va qayta tiklanadigan manbalarni doi- miy ravishda taqsimlashda hal qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda.

1.6.3-rasm. Buyumlar internetining tarmoqlararo konsepsiyasi

Buyumlar Interneti nuqtai nazaridan, ushbu sohalarda qabul qilingan qarorlar boshqa sohalarga bevosita ta’sir qiladi.


Masalan, avtomobillar, maishiy elektr jihozlari va maishiy texnika dizaynini
tanlashda energiya kompaniyalarining takliflaridan foydala- niladi va shu takliflarni joriy etish imkonyati hisobga olinadi.
Buyumlar Internetiga asoslangan talabni va mijozlar muno- sabatini aniqlash tizimlari axborotning turli manbalarni integrat- siya qilish mumkin, jumladan taqsimlangan generatorlarining ba- shorat qilingan chiqish quvvati, elektr transport vositalari va aqlli maishiy texnikaning bashorat qilingan foydalanish kabi ma’lu- motlarni birlashtiradi. Haqiqiy vaqt va oldingi davrlarning ma’lu- motlarini ishlatib, IoT-ga asoslangan talab va javob tizimi ma’lum bir vaqt uchun balans nuqtasini hisoblab chiqishi va bashorat qilishi, zaruriy balansni saqlab qolish uchun nazorat ma’lumot- larini avtomatik ravishda generatorlar, elektr tarmoqlari va aqlli qurilmalarga yuborishi mum-kin. Masalan, yordamchi dastur yangi jihozlarni sotib olish o‘rniga tarmoqning ishonchliligi va yaxlitligini saqlab turishda katta miqdordagi mablag‘ni tejashga imkon beradi .
Buyumlar Internetining talab va javoblar tizimini yaxshilash- iga yana bir misol - bu yo‘l trafikni tartibga solish. Transport so- hasida rejalashtirish boyicha mutaxassislar va muhandislarreal vaqtda olingan modellashtirish ma’lumotlar va axborot sensor- lardan olib, transport harakatini tahlil qila oladi. Keyin jam- langan ma’lumotlarni prognoz modellarda emas, balkim tartibga soluvchi chiroqlarni (svetofor) va avtomagistrallarning tartibga solinadigan yollaklarni boshqarish uchun vaqtni dinamik ravishda ishlatish maqsadida qo‘llaydi va shu asosda real vaqtda transport oqimlardagi tirband holatlarni oldini oladi va oqimni yahshilaydi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling