N. U. Arabov I f. d, professor


II BOB. ELEKTRON BIZNES VA ELEKTRON TIJORAT


Download 1.91 Mb.
bet52/177
Sana15.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1202806
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   177
Bog'liq
RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLAR ЗУУУУУУУРРРРРР

II BOB. ELEKTRON BIZNES VA ELEKTRON TIJORAT

    1. Elektron tijoratning qisqacha tarixi va asoslari

      1. Elektron tijorat paydo bo‘lish shart-sharoitlar

Elektron biznes tarixi XX asrning 60-70-yillari axborot texno- logiyalari sohasida inqilobning boshlanishiga borib taqaladi. Axbo- rot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) jadal rivojlanishi korxonalar o‘rtasida va ularning ichida ma’lumotlar almashuvini soddalashtirish va arzonlashtirishga imkon berdi. Yirik korporat- siyalar hujjatli ishlarning yuki va xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, almashuv tezligini oshirish maqsadida, elektron ma’lumotlar almashuvining qog‘ozsiz texnologiyalarini joriy etishdi.
Elektron tijorat davrining boshlanishini 1960-yil deb hisoblash mumkin. O‘sha paytda American Airlines va IBM reyslar uchun joylarni bron qilish uchun avtomatlashtirish tizimini yaratishni boshladilar - SABRE (Semi-Automatic Business Research Environ- ment). Bu elektron tijorat tizimini yaratishda birinchi tajriba edi.
XX asrning 60-yillarida AQSHda zahiralarni boshqarishni avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar boshlandi. Iste’mol tovarlarini keng miqyosli va ommaviy ishlab chiqarish va savdoning faol o‘sishi natijasida talablarni rejalashtirish va zahiralarni boshqa- rishning matematik modellaridan foydalanish xarajatlarni tejashga olib kelishi aniq bo‘ldi. Buyurtmalarning optimal hajmini tanlash korxonaning savdo-sotiq faoliyati samaradorligini oshirishning mu- him shartlaridan biri ekanligi aniqlandi, chunki tovarlarning yetarli emasligi takroriy buyurtmalar paytida ma’muriy xarajatlarning oshishiga olib keladi va ortiqcha tovar esa pul mablag‘larning muzlatilishiga olib keladi.
Elektron biznesni rivojlantirishdagi navbatdagi muhim davri XXasrning 60-yillari hisoblanadi. Bu moliyaviy-hisob oper- atsiyalarni avtomatlashtirish imkonini beradigan magnitli chiziq bilan qoplangan va yelim kredit kartalarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.
1975-yilda frantsiyalik jurnalist RolanMorenoelektron xotira kartasini ixtiro qilgan va patentlagan. Shu ihtiro asosida 80-yil- larning boshlarida Bull (Frantsiya)kompaniyasi mikroprotsessor o‘rnatilgan smart-kartani yaratdi va patentini oladi (2.1.1-rasm) .
70-yillarning o‘rtalarida birinchi marta ma’lumotlar elektron almashish ( EDI ) va elektron pul o‘tkazmalari (EFT) vosi- talaridan foydalanishni boshladilar. Ma’lumotlar elektron alma- shuvitizimi ( EDI ) - bojxona deklaratsiyasi, buyurtmalar, fak- turalar va hujjatlar - turli qimmatli qog'ozlar elektron ro'yxatdan bilan bog‘liq qoidalar va meyorlar majmui.



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling