N. X. Xalilov Fandan nazorat ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma Sirtqi bo’lim tomonidan muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan


Fanini o’qitishdagi yangi informatsion-pedagogik texnologiyalar


Download 41.55 Kb.
bet4/6
Sana15.02.2023
Hajmi41.55 Kb.
#1200636
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17-18

Fanini o’qitishdagi yangi informatsion-pedagogik texnologiyalar

Talabalarning “Marketing” fanini o’zlashtirishlari uchun ilg’or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.


O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, talabalarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, bakalavr bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.

  • Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishni nazarda tutadi.

  • Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.

  • O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish,mavzuga oid ), muammoli ta’lim, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

  • O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot, hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, jamoa va guruh.

  • O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda komputer va axborot texnologiyalari.

  • Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

  • Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq, joriy va yakunlovchi nazorat natijalarining tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.


  • Download 41.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling