N1. Oʻzbekiston va xorijda entomologiyaning rivojlanish tarixi
Download 22.82 Kb.
|
Entomologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sh. Bonne
- Avstraliyalik A. Gadlirshyam (1865-1935), A.V. Martinov (1878-1938) va B.N. Shvanich (1889-1957) hasharotlar sinfi klassifikatsiyasining asoschilari hisoblanadi.
N1.Oʻzbekiston va xorijda entomologiyaning rivojlanish tarixi Hasharotlarga qiziqish qadim zamonlardan boshlangan. Ular dastlab oziqa mahsuloti sifatida qaralgan bolsa, keyinchalik chorvachilik, dehqonchilik yolga qoyilgach, zararkunandalar sifatida organila boshlandi. SHunda ular orasida foydali hasharotlar ham borligi aniq boldi. Natijada ipakchilik, asalarichilik, biometod kabi entomologiyaning shohobchalari paydo boldi. Hasharotlarni ilmiy asosda organish XVII asrdan boshlandi. Italiyalik olim Marchello Malpigi (1628-1694) hasharotlarni ayruv organlarini organdi va ular hozir «Malpigi naylari» deb ataladi. Golland olimi YA. Svammedam (1637-1680) hasharotlarning anatomik tuzilishini organdi va taraqqiyoti metamorfoz yoli bilan borishini aniqladi. Shvetsariyalik tabiatshunos Sh. Bonne 1765 yilda hasharotlarda partenogenez hodisasini aniqladi. K. Linney (1707-1778) «Tabiat sistemasi» asarida hasharotlarni alohida sinf sifatida ajratadi. R.A.Reomyur (1683-1757) hasharotlarning morfologiyasi va biologiyasini organishga katta hissa qoshdi. Rus olimi P.S. Pallas (1741-1811) hasharotlar faunasini organishga katta hissa qoshdi. 1832 yilda Fransiyada, 1833 yilda Angliyada entomologlar jamiyatlari tuzildi. 1859 yilda Rossiyada entomologlar jamiyati tuziladi va uning birinchi prezidenti akademik K.M. Ber edi. Avstraliyalik A. Gadlirshyam (1865-1935), A.V. Martinov (1878-1938) va B.N. Shvanich (1889-1957) hasharotlar sinfi klassifikatsiyasining asoschilari hisoblanadi. Rossiyada entomologiyani fan sifatida rivojlanishda G.Y.Fisher-Valdgeymning (1771-1853) «Entomografii Rossiyskoy imperii», professor E.K. Brantning (1839-1891) «Hasharotlarning nerv sistemasi», F.P. Keppenning (1833-1908) 3 tomlik «Zararkunanda hasharotlar» kitoblari, A.O. Kovalevskiy (1840-1901), I.I. Mechnikovlarning (1843-1916) asarlari katta ahamiyatga ega boldi. Rossiyada 1894 yilda «Entomologiya byurosi» tashkil etildi va uni I.A. Porchinskiy (1848-1916) boshqardi. N.A. Kolodkovskiy (1858-1921) «Nazariy va amaliy entomologiya kursi» asarini yozdi. N.V. Kurdyumov (1885-1917) qishoq xojaligi entomologiyasi nazariyasini yaratdi. I.Ya. Shevirov (1986-1920) ormon xojaligi entomologiyasiga asos soldi. 1904 yilda V.P. Pospelov (1872-1949) Kievda entomologiya stansiyasini tashkil etdi. Stansiyaning asosiy vazifasi qand lavlagi zararkunandalariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat edi. G.G. Yakobsan (1871-1916) togri qanotlilar va qongizlarni organdi. A.K.Mordvilko (1867-1938) osimlik shiralari sistematikasi va biologiyasini organgan. G.Ya. Bey-Bienko (1903-1970) tomonidan «Obщaya entomologiya» darsligining yaratilishi, yo‘nalishga oid ko‘plab ilmiy ma’lumotlarni jamlanishiga va tizimli asosda o‘rganish imkonini yaratilishiga muxim xissa bo‘lib qo‘shildi. 1911 yilda V.P. Plotnikov (1877-1949) tomonidan Turkiston entomologiya stansiyasi tashkil etildi. Bu keyinchalik Orta Osiyo osimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutini tashkil etilishiga olib keldi. A.P. Semyakov-Tyan-Shanskiy (1866-1942) Orta Osiyo hasharotlari faunasi va tarqalishini organadi. Dunyoga mashhur olim OzFAning muxbir azosi YAxontov Vladimir Vladimirovich (1899-1970)ning «Orta Osiyo qishloq xojaligi zararkunandalari» (1962) nomli asari soxaga doir manbaa sifatida muxim ahamiyatga ega boldi. Olim tomonidan goza va beda zararkunandalari organilib, ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan. Tripslarning 10 ta yangi turi aniqlangan. OzFA muxbir azosi, R.A. Olimjonovning «Sugoriladigan dehqonchilik erlarining umurtqasiz hayvonlar zoofaunasi» hamda «Entomologiya» darsligi soxa mutaxassislarini tayyorlashda talim jarayonida keng foydalaniladi. Dubovskiy Grigoriy Karpovich, zoolog entomolog. Goza, beda, makkajoxori, sholi va boshqa ekinlarning zararkunandalari (saraton, chirildoqlar)ni organgan. Muhammadiev Alisher Auliyanovich, zoolog-entomolog. SHarqiy Orta Osiyo shiralari (Nomortera, Arhidinea)ni organgan. Olim tomonidan shiralar biotsenoz va agrotsenozlar entomofaunasining muhim komponenti ekanligi, ularning mazkur ekologik tizimlardagi orni va roli keng qamrovli izoxlab berilgan. Ahmedov Madaminbek Hotamovich, zoolog-entomolog. Opta Osiyo qupgoqchil-tog mintaqalapining afidid shipalapi faunasini bipinchi mapta toliq tahlil qilib, fanga nomalum bulgan 9 tup va 1 kenja tup, shuningdek, 23 tupning 44 avlodini topib tavsiflagan. Prezident Shavkat Mirziyoev olimlar, yosh tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuv otkazdi. Unda ilm-fan sohasidagi eng muhim vazifalar muhokama qilindi. 2020 yil mamlakatimizda Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb elon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. YUrtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yonalishlaridan kelib chiqqan holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi. Biologiya fani farmatsevtika, qishloq xojaligi, tibbiyot, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish uchun fundamental va texnologik asos bolib xizmat qiladi. Bugun bu yonalishda 7 ta ilmiy-tadqiqot muassasasida 600 nafarga yaqin ilmiy xodim faoliyat korsatmoqda. Prezidentimiz jahon bozori va ilm-fanidagi tendensiyalarni korsatib otib, agro va biotexnologiyalar, oziq-ovqat, shu jumladan, fudo-miks, bio-tibbiyot va farma-biotexnologiyalari yonalishlarini kompleks rivojlantirish boyicha topshiriq berdi. Oziq-ovqat tarkibi va uning inson salomatligiga tasirini organish, aholi ortasida soglom turmush tarzi va togri ovqatlanishni targib etish muhimligi korsatib otildi. Botanika instituti faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boyicha vazifalar belgilandi. Mamlakatimiz osimlik va hayvonot dunyosining raqamli davlat kadastrini yolga qoyish zarurligi takidlandi. Bu yuqori darajadagi ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish, biologik muhofaza choralarini belgilash, soha rivojiga oid muhim amaliy qarorlarni qabul qilish uchun imkoniyat yaratadi. Tibbiyot va farmatsevtika sohalarida DNK va hujayraviy texnologiyalar, genetik tahlillar, yangi biomateriallar va biopolimerlarni ishlatish amaliyotini rivojlantirish, potensial istemolchilar bilan ilmiy-tadqiqot institutlari ortasida samarali hamkorlikni yolga qoyish boyicha topshiriqlar berildi. Hasharotlarni ilmiy asosda organish XVII asrdan boshlandi. Italiyalik olim Marchello Malpigi (1628-1694) hasharotlarni ayruv organlarini organdi va ular hozir «Malpigi naylari» deb ataladi. Download 22.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling