Nabiy sollallohu alayhi va sallamning kiyinish va xushbo‘ylanish borasida tutgan yo‘llari 1
ةيملاسلإا مولعلل ةيلودلا ةفينح يبأ ماملإا ةيميداكأ 1
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
NABAVIY ODOBLAR 1 UNIT LOTIN 1B 1D (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus marosimlar uchun mo‘ljallangan liboslar
9
ةيملاسلإا مولعلل ةيلودلا ةفينح يبأ ماملإا ةيميداكأ 1 Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning kiyinish tarzlari “Liboslaringizdan oq ranglisini kiyinglar va u bilan o‘liklaringizni kaf- anlanglar, chunki u liboslaringizning yaxshisidir” 11 . Ammo bu u zotning boshqa rangdagi liboslarni kiymaganlarini bildirmay di. U zot qizil yo‘lli qora libos ham kiyganlar va qora salla ham o‘raganlar. Maxsus marosimlar uchun mo‘ljallangan liboslar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam eng yaxshi liboslarini juma va hayit kunlari hamda elchilarni qabul qilish kabi bayram va marosim larda kiyardilar. Kiyinish odoblari Nabiy sollallohu alayhi va sallam kiyim kiyishda o‘zlari rioya qilgan va bizlarga tavsiya qilgan odoblar quyidagilardir: 1. «Basmala» aytish. Zero, Nabiy sollallohu alayhi va sallam barcha ishlarini Allohning ismi ila boshlar edilar. 2. Kiyganda o‘ng tarafdan, yechganda esa chap tarafdan boshlash. Oisha onamizdan rivoyat qilingan hadisda: ِهِلُّعَنَت يِف ُنُّمَيَّتلا ُهُبِجْعُي َمَّل َسَو ِهيَلَع ُ َّللا ىَّل َص ُّيِبَنلا َناَك« .»ِهِّلُك ِهِنْأ َش يِفَو ،ِهِروُهُطَو ِهِلُّجَرَتَو “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (xususan) oyoq kiyim kiyish, soch tarash, poklanish ishlarida, (umuman) barcha ish- larda o‘ng tarafdan boshlashni xush ko‘rardilar” 12 . Bu hadis ehtirom va bezanishga aloqador turli ishlarning o‘ng tarafdan boshlanishi kerakligiga dalolat qiladi. 3. Kiyim kiyish asnosida duo qilish. Nabiy sollallohu alayhi va sallam kiyim kiysalar, Allohga shu shaklda hamd aytardilar: 11 Imom Ahmad Musnadi (2219), Abu Dovud (4061), Termiziy (994), Ibn Moja (1472). 12 Buxoriy (168). 10 Imom Abu Hanifa Xalqaro Islom Akademiyasi 1 Nabiy sollallohu alayhi va sallamning kiyinish va xushbo‘ylanishda tutgan yo‘llari ، يِّنِم ٍل ْوَح ِرْيَغ ْنِم ِهيِنَقَزَرَو ، اَذَه يِنا َسَك يِذَّلا َِِّلل ُدْمَحْلا« .»ٍة َّوُق لاَو “Mana shu (libos)ni kiydirgan va uni menga o‘z tarafimdan hech bir kuch-quvvatsiz nasib qilgan Allohga hamd bo‘lsin” 13 . 4. Yangi kiyim kiysalar, shunday duo qilardilar : َعِن ُص اَم َرْيَخَو ُهَرْيَخ َكُلَأ ْسَأ ِهيِنَتْو َسَك َتْنَأ ُدْمَحْلا َكَل َّمُهَّلل« .»ُهَل َعِن ُص اَم ِّر َشَو ِهِّر َش ْنِم َكِب ُذوُعَأَو ُهَل “Allohim! Senga hamd bo‘lsin! Buni menga kiydirding. Sen- dan uning yaxshiligini va unga bitilgan yaxshilikni so‘rayman. Uning yomonligidan va unga bitilgan yomonlikdan panoh ti- layman” 14 . 5. Libosni ortiq darajada uzun kiymaslik. Nabiy sollallohu alayhi va sallamning qomis va izorlari odatda boldirlarining yarmigacha tushib turar, hech qachon to‘piqlaridan pastga o‘tmas edi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling