Nabiyev hojiakbarning


Download 114.32 Kb.
bet15/17
Sana09.06.2023
Hajmi114.32 Kb.
#1474412
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
HOJIAKBAR 3

Satrlar ustida amallar


Satrlar – qo‟shtirnoq ichiga olingan Unicode kodidagi belgilar ketma-ketligi orqali ifodalanadi. Pythonda satrlar apostrof („,‟) va qo‟shtirnoqlar (“,”) orqali berilishi munkin. Uchta ketma-ket kelgan apostrof ham satrlarni ifodalashda ishlatiladi.

1
2
3

ismi = "Yusupov"
familiyasi = 'Yusuf'
print(ismi, familiyasi) # Yusupov Yusuf

Satrlar ustida eng keng tarqalgan amallardan biri bu ularni birlashtirish yoki konkatenatsiya amali hisoblanadi. Satrlarni birlashtirish uchun + amali qo‟llaniladi. Masalan:

1
2
3
4
5

ismi = "Yusupov" familiyasi = 'Yusuf' sharifi = "Qalandarovich"
FISH = ismi + " " + familiyasi + " " + sharifi
print(FISH) # Yusupov Yusuf Qalandarovich

Agar satr va sonlarni birlashtirish talab qilinsa, u holda str() funksiyasi yordamida sonni satr turiga keltirish kerak bo‟ladi. Masalan:

1
2
3
4

ism = "Yusuf"
yosh = 33
info = "Ismi: "+ ism + " yoshi: "+ str(yosh)
print(info) # Ismi: Yusuf yoshi: 33

Maxsus belgilar: Pythonda boshqa tillardagi kabi quyidagi maxsus belgilar mavjud:
\t – tabulyatsiya belgisi;
\n – yangi satrga o‟tish belgisi;
\’apostrof belgisi;
\” – qo‟shtirnoq belgisi.
Quyidagi misolda yuqoridagi barcha maxsus belgilarni qo‟llangan holat uchun dastur keltirilgan.

1

print("1-chi kurs\n\"O\'MU\"\ttalabasi")

Konsol ekraniga quyidagicha natija chiqariladi:
1-chi kurs
"O'MU" talabasi Satrlarni taqqoslash: Satrlarni taqqoslashda satrda ishtirok etayotgan belgilarning registriga alohida e`tibor qaratish lozim. Har qanday raqam ixtiyoriy alfavit belgisidan shartli kichik hamda katta registrli alfavit belgilari kichik registrli avfavit belgilaridan shartli kichik sanaladi. Masalan:

1
2
3
4
5
6
7

str1 = "1a" str2 = "ab" str3 = "Aa"
print(str1 > str2) # False, chunki str1 ning birinchi # belgisi raqam
print(str2 > str3) # True, chunki str2 ning birinchi
# belgisi kichik registrga ega

Yuqoridagi dasturda “1a”>”ab” sharti False qiymat qaytaradi. Chunki raqam alfavit belgisidan shartli kichik hisoblanadi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, ikki satr solishtirilganda ularning mos tarkibiy elementlari solishritiladi(“1a”>”ab” holatda, dastlab 1 va “a” tekshiriladi). Agarda solishtirish natijasi teng bo‟lsa navbatdagi mos elementlari solishtiriladi. Jarayon birinchi teng bo‟lmagan holat topilganda yoki satrlardan birining oxiriga yetib kelinganda tugatiladi. Agar satrlarning dastlabki barcha mos elementlari teng, faqat ularning uzunliklari farqli bo‟lsa, u holda uzunligi katta satr shartli katta bo‟ladi. Masalan: “abcd”<”abcde” sharti True
Bundan tashqari satrlar ustuda amal bajaradigan upper() va lower() funksiyalari mavjud bo‟lib, satr tarkibidagi alfavit belgilarni mos ravishda kichik va katta registrlilariga almashtirish uchun ishlatiladi. Masalan:

1
2
3
4
5
67

str1 = "Kitob"
str2 = "kitob"
print(str1 == str2) # False - chunki ularni birinchi
# harflari turli registrda
print(str1.lower() == str2.lower()) # True chunki ikkala
# satr ham kichik registrga keltirilgan

Download 114.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling