Nabiyeva dilnozaning biokimyo va molekular biologiya fanidan
Download 148.02 Kb.
|
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI Mustaqil ish Nabiyeva Dilnoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayrisimon (bo’qoq) bez.
Me’daosti bezi
Me’daosti bezi, me’daning orqasida, o’n ikki barmoqli ichak bilan bir qatorda joylashgan. Bu bez aralash funksiyaga ega bezlardan hisoblanadi. Endokrin funksiyalarni me’daosti bezining orolchalar shaklidagi hujayralari bajaradi. Ana shu sababli ham gormon insulin deb atalgan (lot insula - orolcha degan ma’noni anglatadi). Insulin asosan adrenalin gormoniga qarama-qarshi uglevodlar almashinuviga ta’sir ko’rsatadi. Agarda adrenalin jigarda mavjud bo’lgan uglevodlarni tezgina harajat bo’lishiga imkon yaratsa, insulin aksincha uglevodlar zahirasini saqlab qolishga va yanada to’ldirishga imkon yaratadi. Insulin ishlab chiqarilishini kamayishiga olib keluvchi ma’daosti bezi kasallanganida organizmga tushayotgan uglevodlarning katta qismi unda ushlab qolinmaydi va siydik bilan chiqarib yuboriladi. Bu esa qandli diabet kasalligiga olib keladi. Diabetning xarakterli belgilaridan bo’lib – doimiy ravishda och qolish, chidab bo’lmaydigan chanqoqlik, katta miqdorda siydik ajralishi va tinimsiz oriqlab ketish hisoblanadi. Bolalarda qandli diabet kasalligi 6 dan 12 yoshgacha bo’lgan davrda, ayniqsa o’tkir infeksion kasalliklardan keyin (qizamiq, suv chechak, tepki) aniq bo’ladi. Kasallikni rivojlanishi ovqatlarni ko’p, ayniqsa uglevodlarga boy bo’lgan ovqatlarni ko’plab yeyishga sababchi bo’ladi. Insulin o’zining kimyoviy tabiatiga ko’ra oqsilli modda hisoblanadi, qaysiki kristallar shaklida ajratib olishga erishildi. Uning ta’siri ostida qand molekulalaridan glikogenning sintezlanishi va glikogen zahiralarini jigar hujayralarida o’tirishini ta’min etadi. Shu bilan birga insulin to’qimalarda oksidlanishini ta’minlaydi va shu yo’l bilan uning to’lig’icha o’zlashtirilishini ta’minlaydi. Adrenalinli va insulinli ta’sirlarni o’zaro aloqasi tufayli qonda qandning organizmni mutadil holati uchun zarur bo’lgan ma’lum darajadagi miqdori saqlab turiladi. Ayrisimon (bo’qoq) bez. Ayrisimon bezni yana timus ham deb yuritadilar. Bu juft organlar bo’lib tush suyagining orqasida joylashadi. Hozirgacha timusni endokrin bezlar qatoriga kiritish munozarali bo’lib qolmoqda, chunki bezning gormoni toza shaklda ajratib olinmagan. Ko’pchilik tadqiqotchilar ayrisimon bezni endokrin bezlar qatoriga kiritishmoqda. Bu bez o’zining eng yuqori darajadagi rivojlanishiga 11-13 yoshda yetadi va bu paytda uning massasi 35-40 g ga yetadi, shundan keyin uning teskari rivojlanishi kuzatiladi. Voyaga yetgan odamlarda esa, endokrin funksiyasiga ega bo’lgan ayrim qismlarigina yog’ to’qimalari orasida saqlanib qoladi. Taxmin qilishlaricha, ayrisimon bezning gormoni limfositlarni yetilishida ishtirok etadi. Ayrisimon bezi olib tashlangan hayvonlarning qonidagi limfositlarni miqdori 60-70 % gacha kamayadi, limfa tugunlarini va taloqni o’lchami 2 martaga kichrayadi. Tug’ilganidan keyingi birinchi kundanoq ayrisimon bezni olib tashlanishi, organizmni immun xususiyatlarini keskin zaiflashishini chaqiradi, antitanalar hosil bo’lmaydi. Ayrisimon bezi tug’ma holda rivojlanmagan bolalarda keskin limfositlar yetishmasligi rivojlanadi, qonda antitanalar hosil bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan gamma-globulin bo’lmaydi. Bunday bolalar odatda 2-5 oylik yoshida halok bo’ladilar.Ta’kidlashlaricha, ayrisimon bez bilan jinsiy bezlar orasida ma’lum darajadagi o’zaro bog’liqlik mavjud: ayrisimon bez jinsiy bezlar faolligini tormozlaydi, jinsiy gormonlar esa ayrisimon bezni massasini sekin-asta kichiklashishini, uning funksiyasini keskin pasayishini chaqiradi. Download 148.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling