Nabiyeva dilnozaning biokimyo va molekular biologiya fanidan
Download 148.02 Kb.
|
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI Mustaqil ish Nabiyeva Dilnoza
Mensturatsiya. O’tish davrida qizlarda menstruatsiya yuz beradi. Bu esa ularning tuxumdonlari otalanish xususiyatiga ega bo’lgan yetilgan tuxum hujayrasini ishlab chiqara boshlaganidan dalolat beradi.
Menstruasiya 11-12 yoshdan oldin va 17-18 yoshdan keyin boshlanmagan bo’lsa mo’tadil hisoblanadi. Menstruatsiya 45-54 yoshgacha ya’ni klimakterik yoshgacha davom etadi. Kuchli asabiy buzilishlar, kuchli jismoniy og’riq, shimoldan janubga o’tish, tekislikdan baland tog’ sharoitiga almashinishlar menstrual siklni buzilishini chaqirishi mumkin. Bularning hammasi mensturatsiya ma’lum mahalliy jarayon emasligi va aksincha, markaziy asab tizimi bilan kordinatsiyalanuvchi jinsiy sikllardan birining ko’rinishi ekanligidan dalolat beradi. Birinchi marta menstruatsiyaning yuzaga kelishi faqatgina jinsiy yetilishning boshlanganligi haqidagi ma’lumotdir. Qiz bolalar homilador bo’lish imkoniyatiga ega bo’lsada, uning jinsiy organlari butun organizmi mo’tadil jinsiy aloqada bo’lish uchun yetilmagan bo’ladi. Biz yuqorida qayd qilganimizdek, qizlarning organizmining rivojlanishi 20 yoshgacha va ayrim holatlarda biroz kechroq ham davom etadi. Faqat mana shu yoshdan boshlab, jinsiy aloqalarni boshlash mumkin. Menstruatsiya odatda 2 kundan 5 kungacha davom etadi va bu davr davomida qiz bola 50 ml dan 150 ml gacha qon yo’qotadi. Agarda menstruatsiya doimiy ravishda takrorlanadigan bo’lsa, u qariyib har 24-28 kunda takrorlanib turadi. Agar menstruatsiya har doim ma’lum vaqtda, ma’lum oraliq muddatda davom etadigan kunlar soni bir xil va jadalligi bir xil bo’lsa mo’tadil sikl deb hisoblanadi. Dastlabki mensturatsiya 7-8 kun davom etishi, so’ngra bir necha oyga va hatto yillab yo’qolish mumkin. Ko’pchilik hollarda u yoki bu darajadagi menstrual siklning davriyligining o’rnatilishiga yil davomidagi bir necha o’zgarishlardan keyin erishiladi. Birinchi menstruatsiya ayrim hollarda umuman organizm uchun yomon holatlar, holsizlanish, og’riqlar yoki jiddiy darajadagi qon yo’qotishlar bilan birga kechadi. Ayrim paytlarda biroz haroratning ko’tarilishi, qusish, ich ketish yoki ich qotish, bosh aylanish holatlari bilan birgalikda kechishi mumkin. Menstruatsiya paytida albatta yotish shart emas. Qiz bola o’zini yaxshi sezgan paytda doimiy hayot faoliyatini davom ettirishi mumkin. Uncha murakkab bo’lmagan jismoniy mashqlar bilan ertalabki gimnastika bilan shug’ullansa ham bo’ladi. Bu vaqtda sakrash, velosipedda sayr qilish va og’ir yuk ko’tarish man etiladi. Konkida uchish, uzoq muddat piyoda yurish, chang’ida yurish, vanna qabul qilish, cho’milish va quyosh nurida toblanish tavsiya qilinmaydi. Agar menstruatsiyaning kechishi og’riqli va suyuqliklarning ajralishi me’yoridan ortiq bo’lsa, albatta shifokorga murojaat qilish zarur. Menstruatsiya davomida qizlarning umumiy holati yomonlashganida ular o’qishdan, ishdan ozod qilinadi. Mensturatsiya paytida qizlar o’zlarini ehtiyot qilishlari, ayniqsa oyoqlarini va qorin bo’shlig’ining pastki qismini sovuqqa qotishdan ehtiyot qilish kerak. Buning uchun qish oylarida uzun issiq reytuzalar yozda esa qalin to’qilgan triko kiyib yurish zarur. Sovuq tosh va boshqa sovutilgan predmetlarga o’tirish mumkin emas. Oziqlanish rasionidan sirka, achchiqliklar, qalampir, xren kabi kuchli qo’zg’atuvchi moddalarni chiqarish kerak bo’ladi. Pivo, vino va boshqa alkogolli ichimliklar ichish qat’iyan man etiladi, chunki qon oqimini oqish tezligi oshishi tufayli menstrualli qon ketishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa ichaklarni va siydik pufagini o’z vaqtida bo’shatib turishga e’tibor berish zarur, aks holda ularning to’lishi bachadonning joyini o’zgarishiga olib keladi va og’riqlarni va ajraladigan suyuqliklarni ushlanib qolishiga sabab bo’ladi. Qizlar mensturasiya paytida o’zlarining tanasini tozaligiga e’tibor berishlari kerak, chunki bu paytda bachadonning ichki yuzasidan qon chiqib turadi va u o’z navbatida o’ziga xos jarohat yuzasi bo’lib qoladi, hamda turli mikroblarni rivojlanishi va ko’payishi uchun qulay to’yimli muhit bo’lib xizmat qilishi mumkin. Pollyusiya (lot.polliasia – maraniye, bulg’anish) jinsiy yetilish davrining boshlanishi bilan yuzaga keluvchi o’z-o’zidan spermaning to’kilishi. Bunday spermaning o’z-o’zidan oqib ketishi doimiy ravishda uyqu paytida yuz beradi. Birinchi pollyusiyaning ko’rinishi o’g’il bolalarda spermatazoidlarni ishlab chiqara boshlangani haqida ma’lumot beradi. Moyaklar pufakchalari va prostota bezlari ishlab chiqaruvchi suyuqliklar bilan aralashib urug’ shaklida jinsiy yo’llarda yig’iladi va tabiiy yo’l bilan jinsiy a’zoning taranglashishi natijasida tungi o’z-o’zidan chiqib ketuvchi suyuqlik shaklida chiqariladi. Birinchi pollyusiya 15-16 yoshlarga yaqin yuz beradi. Shu vaqtdan boshlab pollyusiya, hattoki voyaga yetgan odamlarda ham uzoq muddat jinsiy aloqada bo’lmagan paytlarda yuz berishi mumkin. Urug’ning tungi ajralishi to’lig’icha mo’tadil hodisa, fiziologik holatdir. U har bir jinsiy aloqa qilmayotgan yigit va erkaklarda kuzatiladi. Shu sababli, pollyusiyadan qo’rqmaslik va uyalmaslik kerak, pollyusiyada hech qanday buzilishlar yuz bermaydi. Pollyusiya odatda har oyda 1-3 marta yuzaga keladi. Ular kamroq ham ya’ni 1,5-2 oyda bir marta bo’lishi mumkin. Pollyusiya o’rtacha har 10 kundan 60-kungacha bo’lgan muddatda yuz berishi mumkin. Agar pollyusiya har kecha bir yoki bir necha marta yuz beradigan bo’lsa bunday holatlarda albatta shifokorga murojaat qilish zarur. Pollyusiyaning kuzatilishi o’smir to’liq jinsiy yetilgan, haqiqiy erkak bo’ldi degani emas. O’smirning moyaklari suyukliklarida ayollar tuxum hujayrasini urug’lantirish qobiliyatiga ega bo’lgan yetilgan spermatazoidlar mavjud bo’lsada bu o’smirning organizmini jinsiy hayotga tayyorligini ko’rsatuvchi ko’rsatkich emas. Pollyusiya ishtirokida organizm moyak suyuqliklaridan va jinsiy ehtiyojni kuchlanishidan ozod bo’ladi. Bu esa organizmni tabiiy va maqsadga muvofiq reaksiyasi bo’lib, jinsiy hayotni biroz ushlab turish uchun fiziologik sharoit yaratadi. Pollyusiya tez-tez takrorlanib turmasligi uchun o’smirlar kechasi o’tkir ovqatlar yemasligi, ko’p suyuqlik ichmasligi, issiq odeyal bilan burkanib uxlamasligi yoki tor trusi kiymasligi kerak bo’ladi. To’shalgan ko’rpalar juda ham yumshoq bo’lmasligi zarur. Bundan tashqari, tanani doimiy ravishda ozoda tutish kerak. Download 148.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling