- Motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni: “nega?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?”, “qanday manfaat yo’lida?” degan savollarga javob qidirish – motivatsiyani qidirish demakdir.
Shaxsning xulqi va o’zini tutishi: - ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar);
- tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.
Shaxsdagi mavjud ehtiyojlar guruhi - Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur qiladi.
- fiziologik ehtiyoj. Unga tashnalik, ochlik, dam olish, uy-joy hamda jinsiy aloqaga bo’lgan ehtiyojlar kiradi;
- xavfsizlik va kelajakka ishonch ehtiyoji. Bu ma’lum bir guruh psixologiyasiga xos bo’lib, o’z ichiga insonlarning bir-birini tushunishi, sevgi va o’zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishimliligi, bog’liqligi, qo’llab-quvvatlashi kabi ehtiyojlarni qamrab oladi.
- munosabatlar ehtiyoji – yaxshi munosabatlarga kirishish, sevimli bo’lish, biror guruhga tegishli bo’lish;
- hurmat qilish ehtiyoji. Bunga o’zini o’zi hurmat qilish va tan olish ehtiyojlari kirib, bu ham o’sish ehtiyojiga taalluqlidir.
- Фикр ва ғоялар гуруҳланади
- Аниқ ва тўғри жавоблар танлаб олинади
Do'stlaringiz bilan baham: |