Nadim Norho’jayev


Download 1.18 Mb.
Sana24.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1290327
Bog'liq
2 bet NODIM NORHOJAYEV






Nadim Norho’jayev


Nadim Norho’jayev
Bolalarning sevimli kompozitori Nadim Norho’jayev bundan yigirma yillar muqaddam o’zining rang-barang qo’shiqlari bilan respublikamiz musiqa hayotiga kirib keldi. U bolalalrning sevimli shoirlari bo’lgan Po’lat Mo’min, Rauf Tolib, Qambar Ota, Habib Rahmat va boshqa ko’plab ijodkorlar bilan hamkorlikda Vatanni madh etuvchi, ona tabiatni, do’stlikni tarannum etuvchi qo’shiqlari bilan bolalar mehrini qozondi.
Bolalarning xor jamoalari Nadim Norho’jayevning qo’shiqlarini sevib kuylaydilar. Bastakorning “Chamandagi gullarmiz”, “Yaxshi bola”, “Gullar manim kulganim”, “O’zbegimdan aylanay” kabi o’nlab qo’shiqlar iko’pab qo’shiq tanlovlarida sovrinli o’rinlarni egallagan.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni hayotga joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun musiqadan davlat ta’lim standarti asosida darsliklar yaratildi.
Boshlang’ich sinflar va 5,6,7 sinflar uchun ”Musiqa” dasliklariga o’zbek kompozitorlarining, bastakorlarining bolalar qalbidan joy olgan, bolalar uchun sevimli bo’lgan ko’plab qo’shiqlari kiritilgan. Bu M.Burhonov, F.Nazarov, M.Mirzayev, Yu. Rajabiy, J.Najmiddinov, S.Abramova, T.Toshmatov, K.Kenjayev, G’.Qodirov, I.Akbarov, H.Muhamedova, B.Giyenko, Sh.Yormatov, A.Mansurov, D.Omonullayeva, H.Rahimov, S.Hayitboyev, D.Zokirov, K.Abdullayev, R.Abdullayev, T.Azimov, I.Hamroyev, F.Alimov, S.Jalil, S.Nurmetov va N.Norho’jayev kabi kompozitorlardir.
1 sinf uchun “Musiqa alifbosi” darsligini H.Nurmatov bilan hamkorlikda yozdilar.
2-3 sinf uchun “Musiqa” darsliklarini H.Nurmatov, N.Norho’jayev, A.Mirrahimov hamkorlikda yozishgan.
1 sinf uchun “Musiqa alifbosi” darsligiga Nadim Norho’jayevning
quyidagi qo’shiqlari kiritlgan:
1. “Salom bergan bolalar” P.Mo’min she’ri
2. “Kakligim” N.Obidjon she’ri
3. “Do’ppi kiygan bola” Qambar Ota she’ri
2 sinf uchun “Musiqa alifbosi” darsligiga Nadim Norho’jayevning
quyidagi qo’shiqlari kiritlgan:
1. “Navro’zim- sho’x sozim” H.Rahmat she’ri
2. “Hakkalar” N.Obidjon she’ri
3. “O’zbegimdan aylanay” H.Rahmat she’ri
4. “Cho’, otim” Qambar Ota she’ri
5. “Shaftoliga savolim” P.Mo’min she’ri
6. “Buvijonim, yaxshisiz” G’Komilov she’ri
7. “Charhpalak” Qambar Ota she’ri
3 sinf uchun “Musiqa alifbosi” darsligiga Nadim Norho’jayevning
quyidagi qo’shiqlari kiritlgan:
1. “Oltin paxtam- oppog’im” P.Mo’min she’ri
2. “Nevaralar qo’shig’i” S.Barnoyev she’ri
3. “Diyor madhi” H.Rahmat she’ri
4. “Keng Turkiston” P.Mo’min she’ri
5 sinf uchun “Musiqa alifbosi” darsligiga Nadim Norho’jayevning
quyidagi qo’shiqlari kiritlgan:
1. “Chamandagi gullarmiz” P.Mo’min she’ri
2. “Zavqining soch, qaldirg’och” P.Mo’min she’ri
6 sinf uchun “Musiqa alifbosi” darsligiga Nadim Norho’jayevning
quyidagi qo’shiqlari kiritlgan:
1. “Munajjim bobom” P.Mo’min she’ri
2. “O’zbekiston- abadiy bahorim” R.Tolib she’ri
Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling