Nafas a’zolari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Download 0.69 Mb.
|
Nafas olish a’zolari kasalliklarida hamshiralik parvarishlash ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xirillashlar.
o‘pka ayskultatsiyasi. Eshitib ko‘rish mahalida bemor osoyishta, bir tekis va chuqur nafas olib turishi kerak. Nafas organlarini eshi tib ko‘rilganida: nafas shovqinlarini; qo‘shimcha shovqinlar yoki xirillashlarni; krepitatsiya; plevraning ishqalanish shovqinlarini eshitish mumkin.
Nafas shovqinlari ikki xil bo‘ladi: hiqildoq, traxeya, to‘sh suyagining dastasi ustida «X» tovushiga o‘xshash nafas shovqini eshitiladi (qattiqroq, dag‘alroq, cho‘ziqroq bo‘ladi) – bu bronxial nafas; ko‘krak qafasining qolgan qismlarida «F» tovushiga o‘xshash nafas shovqini eshitiladi, ya’ni o‘pka ustida bu vezikular nafas deb ataladi. Bronxial nafas o‘pka to‘qimasining zichlashib qolgan yoki bronxlar bilan tutashgan bo‘shliqlar hosil bo‘lganidan darak beradi. U krupoz zotiljam, o‘pka sili (kaverna) rakida kuzatiladi. Kichikroq zichlashish o‘choqlari yoki ichkarida joylashgan patologik o‘choqlar bo‘lganida – aralash nafas: nafas olish vaqtida vezikular, nafas chiqarish vaqtida bronxial nafas eshitiladi. Xirillashlar. Bronxlar yoki o‘pka to‘qimasining patologiyasida xi rillashlar eshitiladi. Bronxlarda yopishqoq balg‘am bo‘lgan mahallarda, (masalan: bronxitlar, bronxial astmada) quruq xirillashlar paydo bo‘ladi. Quruq xirillashlar doimiy bo‘lmaydi: ular ba’zan shu qadar qattiq bo‘ladiki, narida turib eshitiladi, gohida esa mutlaqo yo‘qolib ketadi. Nam xirillashlar havo oqimining yallig‘lanish ekssudati orqali o‘tishi tufayli bronxlarda hosil bo‘ladi. Xirillashlar 3 xil kalibrli bo‘ladi: mayda, yirik, pufakchali. Mayda xirillashlar zotiljam, o‘pka sili, infarktida kuzatiladi; bronxoektazlar yoki kavernalar bo‘lganida, o‘pka shishib ketganida yirik, pufakchali xirillashlar eshi tiladi. Krepitatsiya nafas olishning avjida eshitiladigan alohida chitirlovchi tovush bo‘lib, bir tutam shochni quloq yaqiniga ishqalanganida chiqadigan tovushga o‘xshab ketadi (quyidagi kasalliklarda kuzatiladi: krupoz zotiljam, o‘pka shishuvi, infarktida, kichik qon aylanish doirasida qon dimlanib qolganida). Nam xirillashlar nafas olish va nafas chiqarish paytida eshitiladi, krepitatsiya esa faqat nafas olish paytida eshitiladi, odam yo‘talganidan keyin nam xirillashlar o‘zgarib qoladi, krepitatsiya esa tabiatan doimiy bo‘ladi. Plevraning ishqalanish shovqini sog‘lom odamlarda eshitilmaydi, chunki silliq plevra varaqalari sirg‘anganida tovushlar chiqmaydi. Plevra varaqalari yallig‘lanishi tufayli g‘adir-budir bo‘lib qolgan mahallarda esa plevraning ishqalanish shovqini paydo bo‘ladi. Bu shovqin botinka tagida qor g‘ichillashiga o‘xshaydi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling