Nafas a’zolari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Download 0.69 Mb.
bet8/12
Sana02.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1420753
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Nafas olish a’zolari kasalliklarida hamshiralik parvarishlash ishi

laboratoriya usullaridan: umumiy va bakteriologik balg‘am analizi, plevra suyuqligi, bronxlarning yuvindi suvlari, umumiy va bioximiyaviy qon analizi, balg‘amni antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlash.
Davolash (Dori-darmonlar bilan va fizioterapevtik davolash). Davolash paytida hamshira buyurilayotgan dori vositalarining ta’sirini, yuborish usulini, ta’sir etish davomiyligini, bir martalik va maksimal dozasini, nojo‘ya ta’sir qilgandagi belgilarini va unda shoshilinch yordam ko‘rsatishni bilishi va dori vositalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilishini nazorat qilishi kerak.
hamshiralik parvarishi, o‘z-o‘zini parvarishlash. Nafas olish a’zolari kasalliklariga chalingan bemorlarni to‘g‘ri parvarishlash kasallarni tezroq sog‘ayib ketishiga va kasalliklar asoratlarining oldini olishga yordam beradi. Nafas olish a’zolari kasalliklariga chalingan bemorlar harakat qilish va dam olish mutanosibligini saqlashi zarur. Nafas olish a’zolari kasalliklariga chalingan bemorlarga jismoniy harakatlar cheklab qo‘yiladi, chunki organizm zo‘riqqanda kasallik zo‘rayib ketadi. Nafas olish a’zolari kasalliklarida bemorlarni nafas yo‘llarining sezgirligini oshiradigan ta’sirlardan (allergenlardan, jismoniy zo‘riqishlardan, sovuq va nam havodan, psixologik stresslardan, tashqi ifloslangan muhitdan, infeksiya o‘choqlaridan) saqlash kerak. Hansirash va bo‘g‘ilish vaqtida hammadan ilgari bemorning ko‘krak qafasini siqib turgan kiyimdan xalos qilish kerak. Nafas harakatlarini kuchaytirish uchun bemorni yarim o‘tirgan holatga keltiriladi. Bemor yotgan palataga toza havo kirib turishini ta’minlash va oksigenoterapiya o‘tkazish zarur.
Oksigenoterapiya (kislorod bilan davolash) nafas va yuraktomir tizimi organlarining talaygina kasalliklarida, ayniqsa kislorodga yolchimaslikni tez bartaraf etadi.
Yo‘talayotgan bemorlarga qilinadigan parvarish avvalo yo‘talga sabab bo‘ladigan kasallik turiga bog‘liq. Chunonchi, o‘tkir respirator kasalliklarda, quruq va og‘riqli yo‘talda ichishga buyuriladigan yo‘talga qarshi vositalar, natriy bikarbonat eritmasi, qaynoq bug‘ni ingalatsiya qilish bilan bosiladi.
Chalg‘ituvchi vosita tariqasida gorchichniklar, oyoqlarni gorchitsali suvga solib o‘tirish, ko‘krak qafasiga isituvchi kompresslar qo‘yish usullari keng qo‘llaniladi. Bemor yo‘talganida bir talay balg‘am tashlab turadigan bo‘lsa, uni balg‘ami yaxshiroq ko‘chadigan holatga keltiriladi. Holi-jonini bezor qiladigan kuchli yo‘tal uyquni buzavermasligi uchun kasallarga yo‘talga qarshi vositalar buyuriladi.
Balg‘am, avvalo sil bilan og‘rigan kasallarning balg‘ami, sog‘lom odamlarga kasallik yuqadigan manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin, shu sababdan bemor shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilib borishi kerak. Odamlarga yaqin turadigan paytda yo‘talish yaramaydi, bordiyu, yo‘talni tutib turish mumkin bo‘lmasa, balg‘am zarralarining yaqin turgan odamga tushmasligi ilojini qilish kerak. Polga tuflash yaramaydi, chunki balg‘am quriydi va kasallik tug‘diradigan mikroblar havoga, u yerdan esa atrofdagi odamlar organizmiga o‘tadi. Balg‘amni qopqog‘i burab yopiladigan tufdonga yig‘ish kerak. Balg‘amni dezinfeksiyalash uchun tufdon hajmining 1/4–1/3 qismini 3%li xloramin eritmasi yoki 2%li kaliy permanganat eritmasi bilan to‘ldiriladi. Bemorlarning balg‘ami xlorli ohak yoki 5%li xloramin eritmasi bilan yuqumsizlantirilgandan keyin kanalizatsiya tarmog‘iga to‘kiladi, sil kasalxonalarida esa maxsus pechkalarda yoqiladi.
O‘pkadan qon ketganida yoki odam ko‘p qon yo‘qotganida bemorlarni batamom tinch qo‘yish kerak, u yarim o‘tirgan holatda bo‘lishi lozim. Bunday bemorlarga gaplashish taqiqlanadi. O‘pkadan qon ketish to‘xtamasa, sutkasiga 2–4 mahal 3–4 g dan aminokapronat kislota ichiriladi, venadan 10% li kalsiy xlorid eritmasi, izotonik natriy xlorid eritmasida 5% li qilib tayyorlanadi: 100 ml aminokapronat kislota; vitamin K yuboriladi, teri ostiga 20–40 ml 10% li jelatin eritmasi yuboriladi. Qon (100–200ml dan) yoki plazma quyish juda yaxshi naf beradi. O‘pkasidan qon ketayotgan bemorlarga oson singadigan, vitaminlarga boy ovqatlar bilan ovqatlantirib boriladi. Ovqat yarim suyuq holda oz-ozdan berib turiladi. Ovqat va ichiladigan narsalarni sovuq holda berish tavsiya etiladi, o‘tkir ovqat va ziravorlar esa taqiqlanadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling