Nafas olish a


Download 1.8 Mb.
bet1/2
Sana19.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1362797
  1   2
Bog'liq
МАВЗУ ТЕРИНИ ХИМОЯ килиш воситалари


Я НГИ МАВЗУНИНГ БАЙЁНИ №______


MAVZU №____NAFAS OLISH A’ZOLARI VA TERINI
HIMOYA QILISH VOSITALARI


REJA- 1. Nafas olish organlarini himoya qilish vositalariga
2. Terini himoya qilish vositalari OZK, L-1
3.Gaz niqoblar GP-5
Nafas olish organlarini himoya qilish vositalariga filtrlovchi gazniqob, respiratorlar, changga qarshi matoli niqob, dokali niqoblar kiradi. Nafas olish azolarini eng ishonchli himoya qiluvchi vosita gazdan himoyalovchi niqobdir, chunki u nafas olish azolarini radioaktiv, zaharlovchi moddalar
va bakterial vositalardan himoya qiladi.
Gazdan himoyalanish niqobining himoya qilish tasiri nafas olish azolari, yuz va kozlarni tashqi muhitdan toliq izolatsiya qilishga asoslangan.
Foydalanish uchun qulay va oddiy niqoblardan biri GP-5 gazdan himoyalanish niqobidir (13-rasm). Bu niqob yengil bolib, uning shlem-maskasi boshni yaxshi himoya qiladi. Shlem-maska tanlash uchun bosh ikki marta olchanib, natijasi birbiriga qoshiladi. Natijalar yigindisi 92 sm dan kam bolsa, 0-olchamli; 9296 sm bolsa, 1-olchamli; 9698 sm bolsa, 2-olchamli; 99102,5 sm bolsa, 3-olchamli; 102,5 sm dan katta bolsa, 4-olchamli shlem olish kerak. Ishlatilishiga kora barcha gazniqoblar filtrlovchi va izolatsiyalovchi turlarga bolinadi. Ularning bir-biridan farqi shundaki, filtrlovchi gazniqob nafas olish organlari, koz va yuz terisini izolatsiyalovchi gazniqob esa quruqlik va suvda ishlash uchun moljallangan.
Sharoitga qarab gazdan himoyalanish niqobi har xil vaziyatlarda osib yuriladi. Agar dushmanning bevosita hujum xavfi bolmasa, gazdan himoyalanish niqobi «Dala» holatida chap yonga osib yuriladi. 13-rasm. GP-5 gazniqobi:
1 niqob;
2 havo tozalovchi quti;
3 trikotajdan qilingan gilof;
4 nafas olish naychasining ogzi;
5 gaplashish moslamasi;
6 nafas chiqarish naychasi;
7 obturator;
8 tepalik;
9 peshana bogichi;
10 chakka bogichi;
11 iyak osti bogichi;
12 uzaytirib qisqartiradigan bogich;
13 jild.
«Havo xavfi» xabari yoki «Gazdan himoyalanish niqoblari tayyorlansinkomandasi berilganda gazdan himoyalanish niqobi «Tayyor» holatiga otkaziladi. Buning uchun sumkacha sal oldinga surilib, uning yuqori qopqogi ochilib hamda kanopi olinib, beldan otkaziladi va uning uchi oldingi yarim halqaga boglab qoyiladi.
Radioaktiv, kimyoviy va bakteriologik zaharlanganlik togrisida ogohlantiruvchi xabarlar berilganda «Gazlarkomandasiga kora, shuningdek, kimyoviy va bakteriologik hujumning dastlabki alomatlari paydo bolganda gazdan himoyalanish niqobi «Jangovar» holatiga keltiriladi.
Gazdan himoyalanish niqobi tez va togri taqilishida esa muayyan tartibga rioya qilinishi: nafas olmay turilishi, kozlarning yumilishi (aks holda, zaharlanib qolish mumkin), bosh kiyimi olinib, tizzalar orasiga siqilishi,sumkadan maska olinib, uning yonoq va ensa tasmalaridan har ikki qol
bilan bosh barmoqlar ichkari tomon boladigan qilib ushlanishi kerak.
Niqobning pastki qismi engakka qoyilib, qolgan qismi yuzga tortilishi, yon tasmalari esa quloqlar orasiga otkazilishi kerak. Ensa tasmalarning bosh uchlari, niqobning chetlari yuzga zich yopishadigan qilib tortilishi lozim. Shundan keyin tez nafas chiqarib, nafas olishni davom ettirish, kozlarni ochib, bosh kiyimni kiyib olish zarur, tez nafas chiqarilganda yuz niqob kiyish vaqtida niqob ostiga kirib qolgan zaharli havo chiqib ketadi. Gazdan himoyalanish niqobi «Gazdan himoyalanish niqoblari yechilsin!» komandasi berilgandan keyingina yechiladi. Bevosita zaharlanish xavfi otib ketganligi togrisida xabar berilgandan keyin ham gazdan himoyalanish niqobi yechilmasligi mumkin. Gazdan himoyalanish niqobini yechish uchun ong qol bilan bosh kiyim kotarilib, chap qol bilan gazdan himoyalanish niqobi qutisidan ushlanadi va maska salgina pastgatortib olinadi-da, bosh kiyim kiyiladi. Yechilgan gazdan himoyalanish niqobi sumkaga joylanadi, bunda niqob toza latta yoki dastromol bilan artiladi.
Ana shundan keyin gazdan himoyalanish niqobi «Tayyor» yoki «Dala» holatiga otkaziladi. Qattiq sovuqda niqobning rezinasi qotib qolishi yoki kozoynak muzlashi mumkin. Bunda gazdan himoyalanish niqobidan foydalanish qiyinlashuvi va ishlamay qolishi xavfi bor. Bunday hodisalarga yol qoymaslik uchun niqob palto ichiga olib isitiladi. Agar gazdan himoyalanish niqobi taqilgan holatdabolsa, uning niqobi va klapanlar qutisini vaqt-vaqti bilan qolda isitib turish, nafas chiqarish klapanlariga esa puflab qoyish tavsiya etiladi. Sovuqdan issiq xonaga kirilganda, gazdan himoyalanish niqobi metal qismlari terlamaguncha 1015 daqiqa kutib turish va shundan keyin gazdan himoyalanish niqobi qutisini, metall qismlari va niqobni quruq latta yoki dastromol bilan artish va nafas chiqarish klapanlariga puflash kerak.
Birlashtirish trubkasini ham puflash lozim, agar trubka muzlab qolgan bolsa, uni muz bolakchalaridan ehtiyotlik bilan tozalash zarur. Gazdan himoyalanish niqobidan foydalanish vaqtida uning ayrim qismlari shikastlanishi mumkin. Bunday holda gazdan himoyalanish iqobini boshqasiga darhol almashtirish yoki zaharlangan joydan darholchiqib ketish lozim. Tabiiyki, shikastlangan gazdan himoyalanish niqobidan malum vaqt foydalanishga togri keladi.
Niqobning chetlari sal yirtilgan yoki tasmalardan biri uzilgan bolsa, shikastlangan joyni yuzga yoki boshga kaft bilan mahkam siqiladi. Agar niqobning yuz qismi yirtilgan, birlashtirish trubkasi teshilgan yoki uzilgan, kozoynak, nafas chiqarish klapanlari kattaroq shikastlangan bolsa, bundaygazdan himoyalanish niqobi qutisining bogzini ogizga tutib, burunni barmoqlar bilan siqish va kozni ochmay turib, quti orqali nafas olish lozim (bunda ogizdan nafas olish va ogizdan nafas chiqarish zarur). Agar gazdan himoyalanish niqobi qutisining korpusi teshilgan bolsa, uniloy, hol tuproq, non magzi yoki boshqa shunga oxshash modda bilan suvab qoyish kerak. Imkon bolishi bilanoq, shikastlangan quti boshqasiga almashtiriladi.
Agar gazdan himoyalanish niqobi bolmasa, u buzuq bolsa, nafas olish organlarini radioaktiv chang va bakterial vositalardan himoya qilish uchun respiratorlar, paxta-doka, bogichlar, changga qarshi toqima niqoblar ishlatiladi. Ammo ular zaharli moddalardan saqlay olmaydi. Korxonalarda ishlab chiqarish changlaridan himoyalanish uchun turli xildagi changga qarshi respiratorlardan foydalaniladi.
Har qanday niqob yarim niqobdan va unga montaj qilingan filtrlovchi elementdan (filtrlovchi respirator qutisidan) iborat.
Bazi turdagi niqoblarda filtr vazifasini yuz qismining materiali otaydi. Ularning gazdan himoyalanish niqoblaridan afzal tomonlari shundaki, ular nafas olishga kam qarshilik korsatadi, yengil, tuzilishi oddiy va bahosi arzon boladi. Niqoblarning tuzilishi oddiy bolganligi uchun ulardan
foydalanish ham qulaydir.
Nafas olish organlarini zaharli moddalardan himoya qilishning eng oddiy usullaridan biri paxta-doka materialidan tayyorlangan, changga qarshi taqiladigan niqobdir. Bu niqob radioaktiv changlar va bakterial aerozollardan himoya qiladi.
Paxta-dokali boglagichni tayyorlash uchun 100 50 sm olchamdagi
doka materiali olinadi, unga 12 sm qalinlikda paxta qoyiladi, dokaning
qirgoqlari ikki tomoni qayrilib paxta oraladi. Oxirgi uzunlik tomonidan
3035 sm olchamda kesiladi. Paxta-dokali boglagich jag, ogiz, burunni berkitishi lozim. Koz tomonga changga qarshi kozoynak taqiladi.
Changlarga qarshi materiallardan tayyorlangan niqob korpusi qadagichdan iborat (korpus qismi 45 oramdan iborat materialdan tayyorlanadi). Korpus, qadagichlardan andoza olinib chiqiladi. Korpus qismiga koz korinishiga moljallangan tuynukchalar qilinib, ularga oyna yoki korish plastinkasi ornatiladi. Niqob boshga yopishib qadalishi maqsadida, rezina tasmalari ornatiladi. Niqobning korpus qismini bosh tomon bilan birlashtirish uchun kondalang rezina tasma ham ornatiladi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling