Nafas olish a
Terini himoya qilish vositalari
Download 1.8 Mb.
|
1 2
Bog'liqМАВЗУ ТЕРИНИ ХИМОЯ килиш воситалари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzuni mustahkamlash: 1
- CHYT” fanidan o’qituvchi
Terini himoya qilish vositalari.
Radioaktiv, kimyoviy va bacterialzaharlangan joylarda nafas olish organlari va ko‘zlarnigina emas, balki butun tanani ham himoya qilish zarur. Biz kundalik hayotimizda foydalanadigan odatdagi kiyim-bosh zaharlanishdan saqlay olmaydi. Buning uchun terini himoya qiladigan turli vositalar, badanning teri qoplamiga, kiyim-bosh, poyabzalga radioaktiv va zaharlovchi moddalar hamda bacterialvositalarning tushishidan saqlovchi vositalar ishlatiladi. Terini himoya qilish vositalari vazifasiga ko‘ra maxsus (tabel) vositalar va qo‘lda mavjud vositalarga bo‘linadi. Himoyalanishning tabel vositalaridan fuqaro himoyasi tuzilmalarining shaxsiy tarkibi zaharlangan joyda ishlash vaqtida foydalaniladi. Tabel vositalari jumlasiga himoyalanish kombinezoni (shimli kalta kamzul), L-1 yengil himoyalanish kastumi, himoyalanish etigi va qo‘lqopi, fartuk kiradi. Bu vositalar sanoatda plyonka hosil qiluvchi sintetik moddalar (to‘qimaning 1 yoki 2 tomonga singdirilgan kauchuk sun’iy qatronlar, oqsil moddalar, plastik massalar va boshqalar)dan tayyorlanadi, bular havoni umuman o‘tkazmasligi bilan birga, o‘ziga tushgan zaharli modda tomchilari va yuklaridan puxta himoya qiladi. Butun badanni tashqi muhitdan izolatsiya qilish uchun terini himoya qilish vositalaridan kompleks tarzda foydalaniladi (masalan, kombinezon, himoyalanish etigi va qo‘lqopi bilan birga kiyiladi). Himoyalanishning table vositalari himoyalanish kiyimlari deb ataladi. 15-rasm. L-1 yengil himoya kastumi: 1 — paypoqlar va shim; 2 — shlem osti kiyimi; 3 — kapyushonli ko‘ylak; 4 — ikki barmoqli qo‘lqoplar; 5 — kastum saqlanadigan xalta. O‘ngda «Jangovar» holatidagi himoya kastumi. 16-rasm: 1 — himoya komplekti; 2 — L-1 yengil himoya kastumi; 3 — himoyalanish kombinezoni; 4 — filtrlovchi kiyim. Himoyalanish kombinezoni (shimli kalta kamzul) kuchli zaharlangan joylarda ishlashda, rezina etik, qo‘lqop va qalpoqcha (kapyushon) bilan birga kiyib olinadi. Kombinezonlar va shimli kalta kamzullar rezinalangan to‘qimalardan tayyorlanadi. Kombinezonning og‘irligi 3,5 kg, etik va qo‘lqoplar bilan birgalikdagi og‘irligi esa 6 kg ga yaqin. Yengil himoya kastumi rezinalangan elastik to‘qimadan tayyorlanadi. Bu kastum qalpoqchali ko‘ylak, paypoqli shim, ikki barmoqli qo‘lqop va shlem ostidan iborat. Komplektga kastumni solib yurish uchun sumka va zaxira qo‘lqop ham kiradi Zaharlanish xavfi tug‘ilganligi tog‘risida ogohlantiruvchi signal berilgach, gazdan himoyalanish niqobi taqilib, yoqa ko‘tariladi, qalpoqcha (kapyushon) va qo‘lqop kiyiladi. Yangi mavzuni mustahkamlash: 1. Nafas olish organlarini himoya qilish vositalariga tugrisid anayitib bering 2. GP-5 gazniqobi tugrisid anayitib bering? 3.Terini himoya qilish vositalari tugrisid anayitib bering “CHYT” fanidan o’qituvchi: _____________________________ OS.Shoxobaev Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling