Nafas olish a`zolari sistemasi reja


Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar


Download 71.13 Kb.
bet11/13
Sana18.06.2023
Hajmi71.13 Kb.
#1556867
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Nafas olish a

Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar :
Elka kamari muskul larini daftaringizga ketma-ket yozing. Yuqorida keltirilgan muskul lar bor rasmlarini al’bomingizga chizing.
qo`lning erkin muskul larini tuzilishi, birikishi, funksiyasi va tikuvchi va yozuvchi muskul lar.
qo`l sohasining erkin muskul larini tuzilishi, birikishi, vazifasi va joylashgan o`rni haqida aniq tushuncha hosil qilish.
qo`l muskul lari elka kamari muskul lari hamda erkin qo`l muskul lari kiradi.
Kerakli asboblar: maket, mulyaj, planshet, plakat, tablica, qog`oz, qalam, chizg`ich va o`chirg`ich.
Ishning borishi: qo`lning erkin qo`l muskul larini talabalarga aniq dalillar bilan talabalarga tushuntirish uchun qo`l muskul lariga oid planshet, plakat, maket, mulyaj hamda tablicalardan foydalaniladi. Keyin birin-ketin muskul lar haqida ma’lumot beriladi. Labarotoriya darsi ma’ruza darsidan foydalangan holda o`tiladi. erkin qo`l muskul lari elka, bilak va panja muskul lariga bo`linadi.
Elka muskul lari muskul larning oldingi guruppasi va muskul larning orqa guruppasi bo`linadi. Oldingi guruppaga 3 ta muskul kiradi. Elkaning ikki boshli muskul i ikkita boshcha bilan: uzuni – kurak bo`g`in chuqurchasining ustki chetidan va kaltasi kurakning tumshuqsimon o`simtasidan boshlanib, elka suyagining dumbog`iga umumiy pay bilan birikadi. Bu muskul elka va bilakni tirsak bo`qimida bukadi, bilakni tashqariga buraydi, supinaciya qiladi.
Tumshuqsimon- elka muskul i- elkani bukadi va tanaga yaqinlashtiradi. Elka muskul i-elkaning ikki boshli muskul i tagida joylashgan elka suyagidan boshlanadi, tirsak suyagining dumbog`iga birikadi. Tirsak bo`g`imida bilakni bukadi.
Elkaning uch boshli muskul i uchta boshcha bilan boshlanadi. Umumiy payga tirsak o`simtasiga birikadi. Bilakni yozadi.
Tirsak muskul i- kichik, uchburchak shaklda bo`lib, elka suyagini tashqi o`simtasidan boshlanadi va tirsak suyagiga birikadi. Bilakni yozishda qatnashadi. Bilak muskul lari o`zining olgan o`rniga ko`ra oldingi va orqa guruppalarga bo`linadi. Oldingi guruppa muskul lari asosan elka suyagining ichki o`simtasidan boshlanadi va ikki qavat- yuz hamda chuqur qavat bo`lib joylashgan. Vazifasi jihatidan bular qo`l panjasi bamoqlarni bukuvchilar hamda pranatorga bo`linadi. Orqa muskul larning ko`pchiligi elka suyagining tashqi o`simtasidan boshlanib, bular ham ikki qavat- yuza va chuqur qavat bo`lib, joylashadi, vazifasi jihatdan esa qo`l panjasi va barmoqlarni yozuvchilar hamda supenatorlarga bo`linadi.
Oldingi guruppa muskul lari qo`l panjasi va barmoqlarni bukadi, bilaklarni ichkariga bukadi, shuningdek elka muskul lari bilan birgalikda bilakni tirsak bo`g`imida bukadi. orqa guruppa muskul lari qo`l panjasi va barmoqlarni yozadi, bilakni tashqariga buraydi, elka muskul lari bilan birgalikda bilakni yozishda ishtirok etadi.
Panja muskul lari: panjani faqat kaft yuzasida joylashgan. Ular uch guruppaga bo`linadi: bosh barmoq dumbaymasi guruppasi, kaft chuqurchasidagi muskul lar guruppasi yoki o`rta guruppasi va jimjiloq dumbaymasi muskul laridan iborat.
Shunday qilib, panja barmoqlari xususan bosh barmoq o`z muskul apparatiga ega bo`lgani tufayli, katta haraktchanlikni kasb etadi va xilma-xil harakatlarni, jumladan maksimal bukish va yozish harakatlarni bajara oladiki, bu –ish vaqtida nixoyatda muhim. So`ngra talaba olgan bilimlariga asoslanib, muskul larni ketma-ketlikda yozadi.


Download 71.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling