Nafas olish a`zolarining tuzilishi reja: Nafas olishning ahamiyati. Nafas olish a'zolarining tuzilishi


Download 121.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana05.05.2023
Hajmi121.39 Kb.
#1428014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
NAFAS OLISH A`ZOLARINING TUZILISHI

 
SURUNKALI BRONXIT
Surunkali bronxit uzoqqa cho’zilgan o’tkir bronxit asorati sifatida 
rivojlanadi. Uning sababchilari infeksiya qo’zg’atuvchilari, biroq shuningdek 
bronxlarni fizik, ximik moddalar bilan uzoq vaqt ta'sirlanishi bo’lishi mumkin. 
Barcha bronxial daraxtning diffuz (yoyilgan) shikastlanishi xarakterli bo’ladi. Bu 
vaqtda ekssudativ yallig’lanish, (kataral-shilliq, kataral-yiringli) vaqt o’tishi bilan 
asosan mahsuldor xarakterga ega bo’lib qoladi. Surunkali bron-xitda bronxlarning 


17 
shilliq qavati giperemiyalashadi, uning hamma qavatlari limfositlar, neytrofil 
leykositlar, makro-faglar bilan shimiladi. Epiteliyasi asta sidirilib tushadi, bezlar 
atrofiyaga uchraydi, ko’pincha tukli epiteliya ko'p qavatli yassi epiteliyaga 
aylanadi (metaplaziya). Bronx devorida kechuvchi surunkali yallig’lanish mushak 
tolalari va nerv oxirlarini dis 
trofiyasiga, elastik qobiqni atrofiyasi yoki yo’qolishiga olib keladi. Bu 
o’zgarishlar natijasida bronx peristaltikasi pasayadi va u o’z drenaj funksiyasini, 
ya'ni shilliq va ekssudatni chiqarib tashlash vazifasini bajara olmay qoladi. Shilliqli 
— yiringli ekssudat bronxlarda turib qoladi, ularda saqlanuvchi mikroblar 


18 
yallig’lanishni davom ettiradi. Qon tomirlari sklerozi va qon aylanishning buzili-
shi bronx devorida gipoksiya paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi, u fibrolastlarni 
faollashtiradi va skleroz kuchayadi. Bronx devori notekis kengayadi va qopchalar, 
silindlar ko’rinishida bo’shliqlar bronxoektazlar paydo bo’ladi. Bun-ga yana yo’tal 
silkinishi ham sabab bo’ladi. Bronxoek-tazlarda yiringli ekssudat to’planadi va u 
bronx devorida doimiy yallig’lanish bo’lishini saqlab turadi. Yallig’lanish asta-
sekin mahsuldor xarakterni oladi, granulyasion (dona-dor) to’qima rivojlanadi va u 
polip ko’rinishida o’sib bronx teshigini toraytiradi yoki butunlay berkitib qo’yadi 
va u o’pkaning tegishli qismini ateiektaziga olib keladi (rasm). Bundan tashqari 
bronx bilan yondosh bo’lgan o’pka to’qimasi ham yallig’lanishga jalb etiladi — 
o’choqli bron-xopnevmoniya paydo bo’ladi. Uning surunkali kechishi yallig’lanish 
fokusida sklerozni rivojlanishiga olib keladi va u ham bronxlarning tortilishi va 
deformasiyasiga olib keladi. Bronxoektazlar ko'p sonli bo’lib qoladilar va odatda 
yiringli eksudat to’playdilar. Ularni qoplovchi epiteliysi ko’pincha metaplaziyaga 
uchrab ko'p qavatli yassi epiteliya paydo bo’ladi. Bronxoektazlar devorida 
yallig’lanishning avjlanishi yangi surunkali pnevmoniya o’choqlarini, keyin-chalik 
esa o’pka to’qimasida yangi sklerotik o’choqlarning paydo bo’lishiga sababchi 
bo’ladi. 


19 
XULOSA 
Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib
karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi. Nafas olish har bir 
tirik organizmning hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi. 
Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat: 1. O'pka alveolalari va tashqi 
muhit o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish). 2. 
O'pka alveolalari va o'pkaning kapillyar qon tomirlari o'rtasida kislorod va 
karbonat angidrid almashinuvi. 3. Qon va to'qimalar o'rtasida kislorod va karbonat 
angidrid almashinuvi (ichki nafas olish).Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul 
qilingan kisJorod ishtirokida hujayra va to'qimalarda oqsil, yog' va uglevodlar 
oksidlanib, energiya hosil qiladi. Hujayra va to'qimalardagi barcha hayotiy 
jarayonlar (qo'zg'alish, harakatlanish, ko'payish) ana shu energiya hisobiga amalga 
oshadi. Bu hayotiy jarayonlar nati¬jasida hosil bo'lgan karbonat angidrid gazi 
hujayra va to'qimalardan qonga o'tib, o'pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi. 

Download 121.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling