Nafas olish organlari va ovoz apparatining yosh hususiyatlari va gigienasi


daraja: yoy burchagi 131-140 °, yoy balandligi 35-25 mm, oyoq suyaklarining deformatsiyasi yo’q. 2 daraja


Download 170.5 Kb.
bet4/5
Sana22.06.2023
Hajmi170.5 Kb.
#1649476
1   2   3   4   5
Bog'liq
YASSI OYOQLIK — BELGILARI, DARAJALARI, DAVOLASH, OLDINI OLISH, UYDA

1 daraja: yoy burchagi 131-140 °, yoy balandligi 35-25 mm, oyoq suyaklarining deformatsiyasi yo’q.

  • 2 daraja: yoy burchagi 141-155 °, yoy balandligi 24-17 mm, oshiq-qayiqsimon bo’g’imning deformatsiyalovchi artorzi belgilari bo’lishi mumkin.

  • 3 daraja: yoy burchagi > 155 °, balandligi 17mm dan past.

    Yassi oyoqlikning 0 dan 3 darajasigacha bo’lgan oyoq izi:

    YASSI OYOQLIK VA HOMILADORLIK


    Homiladorlik tanadagi turli o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Ayollarning aksariyati bir xilda shikoyat qilishadi. Bunday shikoyatlardan deyarli e’tiborga olinmaydiganlaridan biri, oyoqlardagi og’riqdir. Homiladorlik davrida tana vazning tabiiy oshishi tufayli tananing og’irlik markazi oldinga siljiydi. Bu esa oyoqlarga tushadigan yukni qayta taqsimlanishi va oyoq hamda tizza bo’g’imlariga tushadigan bosimning ortishiga olib keladi.
    Homilador ayollarda oyoq panjasining ortiqcha pronatsiyasi yuzaga kelishi mumkin. Bu o’zgarishlar tovon, oyoq yoylari yoki kaftida og’riqlarga olib keladi. Ko’pchilik ayollar oyoq mushaklari tortishishi va oyoq tomirlarining varikoz kengayishi kuzatiladi. Shu sababli, barcha homilador ayollar o’z sog’lig’i va ayniqsa, oyoqlarning funktsiyasi haqida zarur ma’lumotlarga ega bo’lishlari kerak, shunda to’qqiz oylik homiladorlik davri imkon qadar qulaylik bilan o’tadi.
    Yassi oyoqlikka hamrohlik qiladigan ortiqcha pronatsiya, oyoq yoyining o’sib borayotgan homila tufayli ayolning vazni ortib ketishi natijasida yassilanishi oqibatida paydo bo’ladi. Bu tovondan to barmoqlarga qadar cho’zilgan oyoq kafti fassiyalarining ortiqcha yuklanishi va yallig’lanishiga olib kelishi mumkin. Ortiqcha pronatsiya, boldir mushaklari va umurtqaga ko’p yuk tushishi tufayli qadam bosishning og’riqli bo’lishiga sabab ham bo’ladi. Ortiqcha pronatsiya nozik, yassi oyoqli va ortiqcha vaznli odamlarga xosdir.

    YASSI OYOQLIKNI DAVOLASH

    1. OYOQ YOYINI USHLAB TURUVCHI MUSHAKLARNI KUCHAYTIRISH KERAK


    Tanani tabiiy mustahkamlash oyoqni mustahkamlashga ham yordam beradi. Bolaga suzish juda foydali bo’ladi — bunda oyoqlar ishlashi katta ahamiyatga ega. Yalang oyoq yurish ham foydali — qum (issiq emas) yoki toshlar (o’tkir bo’lmagan) ustida. Tepaliklarga chiqish va tushish, kunda ustida yurish.
    Jismoniy tarbiya, albatta, yassi oyoqli bolalarga foydali. Bu yerda cheklovlar bo’yicha tavsiyalar nisbiydir. Masalan, tog’ chang’isi, konkilar yoki og’ir atletika bilan shug’ullanish oyoqning yoyiga ortiqcha yuk tushiradi. Boshqa tomondan, ular kasallikning og’ir klinik ko’rinishlari — og’riq, shishish bo’lmasa, qarshi ko’rsatmaga ega emas. Shunday qilib, deyarli barcha konki uchuvchilarda vaqt o’tishi bilan yassi oyoqlik shakllanadi, bu esa ularning sportda yuqori natijalariga erishishiga to’sqinlik qilmaydi.

    Download 170.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling