Nafas olish organlari va ovoz apparatining yosh hususiyatlari va gigienasi
Download 170.5 Kb.
|
YASSI OYOQLIK — BELGILARI, DARAJALARI, DAVOLASH, OLDINI OLISH, UYDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- YASSI OYOQLIK ALOMATLARI VA BELGILARI
- YASSI OYOQLIK SABABLARI
YASSI OYOQLIK — BELGILARI, DARAJALARI, DAVOLASH, OLDINI OLISH, UYDA MASHQLAR BAJARISHYassi oyoqlik — oyoq panjasi shaklining o’zgarishi bo’lib, uning bo’ylama va ko’ndalang yoyining pasayishi bilan ifodalanadi. Ko’ndalang va bo’ylama yassiq oyoqlik ajratiladi, bu ikkala shaklning birgalikda kuzatilishi ehtimoli ham mavjud. Oyoq panjasining boshqa deformatsiyalari bilan birgalikda ko’ndalang yassi oyoqlik 55,23%, bo’ylama yassi oyoqlik — 29,3% hollarni tashkil etadi. YASSI OYOQLIK ALOMATLARI VA BELGILARIOyoq, tizza, son va beldagi og’riq; Notabiiy yurish va qomat; Cho’kkalab o’tirishdan ko’ra egilish osonroq; o’tirgan holatda muvozanatni saqlash qiyinligi. «Og’ir» yurish. Yurish paytida maymoqlik. Oyoq panjalarining deformatsiyalanishi (yassi oyoq, oyoq barmoqlarining nomutanosib uzunligi, qiyshiqligi, bosh barmoqdagi «suyak» yoki podagra (hallux valgus), oyoq panjasining o’ta kengligi), tizza bo’g’imlarining deformatsiyasi, oyoq mushaklarining nomutanosib rivojlanishi. Yassi oyoqlik tirnoqlarning ichkariga o’sishiga olib keladi. YASSI OYOQLIK SABABLARIKo’pincha yassi oyoqlik orttirilgan bo’ladi, lekin asosan biriktiruvchi to’qimaning tug’ma yetishmovchiligi, noziklik fonida rivojlanadi. Bunday oyoq ko’pincha «aristokratik» deb ham ataladi. Suyaklari nozikroq bo’lganligi sababli, ayollarda yassi oyoqlik erkaklarga qaraganda 4 marta ko’proq uchraydi. Ushbu patologiya rivojlanishiga hissa qo’shadigan salbiy omillaridan biri — noto’g’ri tayyorlangan poyabzal hisoblanadi. Urf deya baland poshnali va uchi tor bo’lgan poyabzal kiyish natijasida yuk butun oyoq panjasiga emas, oyoq kafti suyaklarining boshchasiga tushadi, natijada yassi oyoqlik rivojlanadi. Poshnasi 4 sm dan baland bo’lmagan poyabzal «sog’lom» deb hisoblanadi. Afsuski, ko’plab fabrikalar podiatr-shifokorlarning tavsiyalariga amal qilmagan holda poyabzal ishlab chiqarmoqda. Oyoq panjasi yoyining to’g’ri shakllanishi uchun mushaklar va boylamlarni doimo stimulyatsiya qilish zarur. Stimulyatorlar sifatida qattiq o’t, toshlar, qum, tuproq bo’lishi mumkin (agar ularda yalang oyoq yurilsa). Oyoq panjasi uchun parket, laminat va boshqa qattiq qoplamalar, shuningdek qattiq tagcharmli poyabzal agressiv hisoblanadi, bunda oyoq mushaklari faoliyat ko’rsatmaydi. Har bir inson ishlamaydigan mushaklar atrofiyaga uchrashini biladi. Kosmos kashshoflari o’z ona zaminlariga qaytib kelishganda yura olishmagan ekan (tortisish kuchi yo’qligining uzoq vaqt ta’sir qilishi tufayli). Shundan so’ng kosmosda mushaklar va boylamlarni trenajorlar yordamida zo’riqtirish kerakligi qabul qilingan. Shu tariqa, yuk tushmagan oyoq panjasi yoylari ham dangasa bo’ladi va zaiflashadi: kishi umrini oxirigacha yassi oyoqlikni orttirib oladi. Biroq, ikki yil avval yosh yigit bir shifokor oldiga borib, otasi kabi zobit bo’lishni istashini, lekin oyoqlari yassi bo’lganligi tufayli tibbiy komissiya orqali o’tolmaganini bildirdi. Sakkiz oylik oyoq mushaklari va boylamlari ustida mashaqqatli mehnat qilib, oliy harbiy muassasa kursantiga aylandi. Adabiyotga ko’ra, 65% va undan ko’p bolalar maktab yoshiga qadar yassi oyoq bo’lib qolishadi. Agar aholining aksariyati shifokorga murojaat qilmasligi va malakali podiatrlar yo’qligi hisobga olinsa, ko’pchilik bu patologiyani davolashga kirishmaydi. Demak bolalarning 65% dan ko’prog’i kattalik davriga yassi oyoqlik bilan o’tadi, keyinchalik esa (keksalikda) — bu oyoq og’rishi va shishiga sabab bo’ladi. Boshqa birovning oyoq kiyimlarini kiyish ham kasallikning og’irlashishiga olib keladi. Ko’p kiyilgan poyabzal oyoqqa tushadigan yukni noto’g’ri taqsimlaydi. Shuning uchun kichkina bo’lib qolgan deya, urinib qolgan poyabzallarni boshqalarga berganda, biz bilmagan holda ziyon yetkazishimiz mumkin ekan. Bolalar poyabzallari kichikroq poshnali, orqasi qattiq va ressor supinator — oyoqlar ostida o’ziga xos «toshlar» va «bo’rtmalar» bilan bo’lishi kerak. Kattalarda, ko’pincha, oyoqlarga ortiqcha yuk tushishi bilan bog’liq bo’lgan statik yassi oyoqlik bo’ladi. Buning asosiy sababi, eng avvalo, ortiqcha vazndir. Kasb-hunarlari uzoq vaqt oyoqda turishni talab qiladigan odamlar — sartaroshlar, sotuvchilar, stanok operatorlari ham bu kasallikka chalinishadi. Bu odamlar yassi oyoqlik orttirib olish xavfi yuqori bo’lgan guruhga kiradi, xuddi soatlab operatsiya stoli oldida turadigan jarroh kabi. Download 170.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling