Nafas olish organlari va ovoz apparatining yosh hususiyatlari va gigienasi
Download 170.5 Kb.
|
YASSI OYOQLIK — BELGILARI, DARAJALARI, DAVOLASH, OLDINI OLISH, UYDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo’ylama yassi oyoqlikda
- Travmatik yassi oyoqlik
YASSI OYOQLIK TURLARIKo’ndalang yassi oyoqlikda oyoqning ko’ndalang yoyi yassilanadi, uning old qismi barcha beshta kaft suyaklarning boshchalariga tayanadi, oyoq panjasi uzunligi kaft suyaklarning yelpig’ich shaklidagi tarqalishi, birinchi barmoqning tashqariga og’ishi va o’rta barmoqning bolg’acha shaklidagi deformatsiyasi tufayli kamayadi. Bo’ylama yassi oyoqlikda esa oyoq bo’ylama yoyi yassilanadi va oyoq yerga oyoq panjasining deyarli butun yuzasi bilan tegadi, oyoq uzunligi ortadi. Yassilanish to’g’ridan-to’g’ri tana vazniga bog’liq: tana vazni, demakki oyoqlarga tushadigan yuk qanchalik katta bo’lsa, bo’ylama yassi oyoqlik shunchalik ko’proq aniqlanadi. Bu patologiya asosan ayollarda uchraydi. Bo’ylama yassi oyoqlik ko’pincha 16-25 yoshli, ko’ndalang esa — 35-50 yoshli kishilarda aniqlanadi. Kelib chiqishi bo’yicha yassi oyoqlik tug’ma, travmatik. paralitik va statik turlarga bo’linadi. Tug’ma yassi oyoqlik tashxisini 5-6 yoshdan oldin qo’yish qiyin, chunki ushbu yoshgacha bo’lgan bolalarda yassi oyoqlikning barcha elementlari aniqlanadi. Ammo, barcha holatlarning taxminan 3 foizida, yassiq oyoqlik tug’ma bo’ladi. Travmatik yassi oyoqlik — to’piq, tovon, kaftoldi suyaklari sinishining natijasida rivojlanadi. Paralitik yassi oyoqlik — oyoq panjasi mushaklari va oyoqning pastki qismi mushaklari falajlanishi natijasidir (poliomielit oqibatida). Raxitik yassi oyoqlik raxit natijasida oyoqning zaiflashgan suyaklarida tananing yuki tushishi oqibatida rivojlanadi. Statik yassi oyoqlik (eng ko’p uchraydigan shakli, 82,1%) oyoq mushaklari, boylam apparati va suyaklarning zaifligi bilan bog’liq. Statik yassi oyoqlik rivojlanishining sabablari turlicha bo’lishi mumkin: Tana vaznining oshishi; Tik turgan holatda ishlash; Fiziologik qarish tufayli mushaklar kuchining pasayishi; O’tirib ishlaydigan kishilarda mashg’ulotlarning yetishmasligi va hokazo. Oyoq panjasi deformatsiyalanishiga hissa qo’shadigan ichki sabablarga irsiy moyillik ham kiradi, tashqi sabablarga — kasb bilan bog’liq oyoqlarni ortiqcha zo’riqishi (oyoq panjasi normal bo’lgan ayol rasta oldida yoki to’qimachilik sexida 7-8 soatlab tik turganida, oxir-oqibat ushbu kasallikka duchor bo’lishi mumkin), uy xo’jaligini yuritish, noratsional poyabzal kiyish (tor, noqulay). «Shpilkalar»da yurish paytida yukning qayta taqsimlanishi sodir bo’ladi: u tovondan ko’ndalang yoy sohasiga siljiydi, yoy uni ko’tara olmay, deformatsiyalanadi, natijada ko’ndalang yassi oyoqlik rivojlanadi. Download 170.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling