Nafas olish organlari va ovoz apparatining yosh hususiyatlari va gigienasi


Download 170.5 Kb.
bet3/5
Sana22.06.2023
Hajmi170.5 Kb.
#1649476
1   2   3   4   5
Bog'liq
YASSI OYOQLIK — BELGILARI, DARAJALARI, DAVOLASH, OLDINI OLISH, UYDA

YASSI OYOQLIKNI TASHXISLASH


«Yassi oyoq» tashxisini qo’yish oyoqlarga yuk tushgan holda (tik turgan holatda) 2 proektsiyadagi rentgenografiya asosida amalga oshiriladi. Yassi oyoqlikning birlamchi tashxisi ortoped tomonidan jismoniy tekshiruv asosida qo’yilishi mumkin. Oyoq panjasi va oshiq-boldir bo’g’imining anatomik orientirlari to’g’ri joylashganligi, harakatlar hajmi va panja og’ishi burchagi, yoy va mushaklarning yuk tushishiga reaktsiyasi, yurishning o’ziga xos xususiyatlari, poyabzalning yemirilishi xususiyatlari o’rganiladi.
Ko’ndalang yassi oyoqlikning og’irlik darajasini aniqlash uchun olingan rentgenogrammalar tahlili o’tkaziladi.
To’g’ri proektsiyali rentgen tasvirlari bo’yicha ko’ndalang yassi oyoqlik darajasini aniqlash uchun I-II kaft suyaklarining bo’ylama o’qlariga va birinchi barmoqning bosh falangasiga mos keladigan uchta to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Chiziqlar tahlili asosida quyidagilar tasniflanadi:

  • I darajali deformatsiyada I-II kaft suyagi orasidagi burchak 10-12 gradus, birinchi barmoqning og’ishi burchagi 15-20 gradus;

  • II darajada bu burchaklar tegishli ravishda 15 va 30 gradusga ko’tariladi;

  • III darajada — 20 va 40 gradusgacha;

  • IV darajada — 20 va 40 gradusdan ko’p.

Bo’ylama yassi oyoqlikning og’irligini aniqlash uchun yon proektsiyada oyoqning rentgenografiyasi qo’llaniladi. Tasvirda uchburchakni tashkil etuvchi uchta chiziq o’tkaziladi.

  • Birinchi chiziq gorizontal ravishda, tovon suyagi do’mbog’ining kaft yuzasida joylashgan nuqtadan va I kaft suyagi boshchasidagi nuqtaga qadar;

  • Ikkinchi chiziq — 1-chiziqning tovon do’mbo’gi bilan kesishgan nuqtadan ponasimon-qayiqsimon bo’g’imning bo’g’im teshigi pastki nuqtasiga qadar o’tkaziladi;

  • Uchinchi chiziq — 1-chiziqning I kaft suyagi boshchasi bilan kesishgan nuqtadan xuddi 2-chiziq o’tkazilgan nuqtaga qadar o’tkaziladi.

Odatda oyoqning bo’ylama yoyi burchagi 125-130 °, yoy balandligi > 35 mm ni tashkil etadi.
Bo’ylama yassi oyoqlikning 3 darajasi farqlanadi:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling