Nafas olish sistemasi kasalliklarini o’rganishning zamonaviy usulllari
Kuzgaluvchanlik va utkazuvchanlik funktsiyasi buzilishi bilan boglik aritmiyalar
Download 101.21 Kb.
|
aritmiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzgaluvchanlik va utkazuvchanlik funktsiyasi buzilishi bilan boglik aritmiyalar
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!!
Kuzgaluvchanlik va utkazuvchanlik funktsiyasi buzilishi bilan boglik aritmiyalar Bulmachalar titrashi. Bulmachalar titrashi deb bulmachalarning bir dakikada 200-400 marotabagacha kiskarishiga aytiladi. Bulmachalar paroksizmal taxikardiyasidan farkli ravishda bulmachalarda paydo bulgan impul`slarning ma`lum kismigina korinchalarga utkaziladi. SHuning uchun EKGda korinchalar kompleksining oldida 2 yoki undan ortik bulmachalar kompleksi (F tulkinlari) aniklanadi. QRS kompleksining shakli meyordagidan uzgarmagan buladi, chunki impul`slar uz yunalishi buyicha bulmachalardan korinchalarga utkaziladi.Bulmachalar titrashining EKG belgilari.
Bulmachalar xilpillashi. Bulmachalar xilpillashi deb bulmachalardagi aloxida mushak guruxlarining minutiga 350-700 marotabagacha kuzgalishi va kiskarishiga aytiladi. Bulmachalar xilpillashida bulmachalarning bir butun kuzgalishi va kiskarishi urniga aloxida gurux mushaklarining xaotik kuzgalishi va kiskarishi kuzatiladi. Bulmachalar xilpillashida AV tugun bulmachalardan kelayotgan impul`slarning barchasini utkazish kobiliyatiga ega emas, chunki impul`slarning kupchiligi AV tugunning refrakter xolatiga tugri kelib koladi. Bulmachalar xilpillashida korinchalar kiskarishlari soni minutiga 150-200 marotabagacha kuzatiladi va R-R lar orasi xar xil buladi. Bulmachalarning bir butun kiskarishi kuzatilmaganligi tufayli R tishchasi urniga EKGda kuplab aritmik f tulkinlar kuzatiladi. EKGda f tulkinlar amplitudasining katta-kichikligiga kura yirik va mayda tulkinli bulmachalar xilpillashi kuzatiladi. Yirik tulkinli bulmachalar xilpillashida f tulkinlariningamplitudasi 0,5 mm dan katta, mayda tulkinli bulmachalar xilpillashida f tulkinlarning amplitudasi 0,5 mm dan kichik buladi. Korinchalar kiskarishlari soniga kura taxisistolik (korinchalar kiskarishlari soni minutiga 90 tadan kup), normosistolik (korinchalar kiskarishlari soni minutiga 60-90 ta), bradisistolik (korinchalar kiskarishlari soni minutiga 60 tadan kam).
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!!Download 101.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling