Nafas olish sistemasi


Download 0.73 Mb.
Sana28.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1301500
Bog'liq
nafas olish sistemasi

NAFAS OLISH


SISTEMASI

Reja:


Nafas olish, nafas olish organlarining tuzilishi.
Ovoz aparati.
O`pka va to`qimalarda gazlar almashinuvi.
Sun`iy nafas oldirish.

Nafas olish, nafas olish organlarining tuzilishi.

  • Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi. Nafas olish har bir tirik organizmning hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi.

Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat:


1. O'pka alveolalari va tashqi muhit o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish).
2. O'pka alveolalari va o'pkaning kapillyar qon tomirlari o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi.
3. Qon va to'qimalar o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (ichki nafas olish).Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kisJorod ishtirokida hujayra va to'qimalarda oqsil, yog' va uglevodlar oksidlanib, energiya hosil qiladi.

Nafas olish a'zolariga: burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bronxlar, o'pkalar va plevra pardalari kiradi 

  • Nafas olish a'zolariga: burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bronxlar, o'pkalar va plevra pardalari kiradi 

Ovoz aparati

  • Odam gapirmay turganda hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlarining teshigi ochiq holda bo'ladi (u uchburchak shaklda). Pichirlab so'zlaganda ham ovoz teshigi ochilgan holda bo'ladi. So'zlashganda, kuylaganda ovoz teshigi yopiladi va o'pkadan nafas bilan chiqariladigan havo katta kuch bilan ovoz boylamlariga ta'sir qilib, ulaming tebranishi natijasida ovoz hosil bo'ladi. Ovoz boy¬lamlari o'pkadan chiqariladigan havo ta'sirida bir sekundda 80 martadan 10 ming martagacha tebranishi mumkin. Tebranish qancha ko'p bo'lsa, ovoz shuncha kuchli bo'ladi

Ovozning o'tkirligi ovoz boylamlarining kalta yoki uzun bo'lishiga bog'liq. Ayollarda ulaming uzunligi o'rtacha 18-20, erkaklarda 20-22 millimetr.
Shuning uchun ayollaming ovozi o'tkir bo'ladi. Bundan tashqari, ovozning kuchi hamma odamda bir xil bo'lmaydi. Qo'shiqchilarda ovozning kuchi boshqalamikiga nisbatan ancha katta bo'ladi.
Ba'zi qo'shiqchilar kuylaganda, shipgailingan qandilni tebratib yuborganligi tarixda ma'lum.
Maxsus tayyorgarlikdan o'tgan qo'shiqchilar xuddi tanbur yoki dutor simining turli joylaridan har xil ovoz chiqqanidek, ovoz boylamlarining turli qismlaridan har xil ovoz chiqarish qobiliyatiga ega bo'ladi.

O`pka va to`qimalarda gazlar almashinuvi.


O'pkalarda gazlar aImashinuvi. Nafas organlarining tuzilishimavzusida aytilganidek, odamning ikkala o'pkasidajuda ko'p mayda pufakchalar, ya'ni alveolalar bo'lib, ularning soni o'rtacha 750 millionga yaqin, umumiy sathi 100 m' dan oshadi. Alveolalarning bunday katta sathi o'pkada gazlar almashinuvi tez o'tishini ta'minlaydi. Alveolalaming devori juda yupqa (0,004 mm) bo'ladi. Ularning atrofini mayda qon tomirlari to'rsimon shaklda o'mb tumdi. Nafas olgan vaqtda atmosfera havosi nafas yo'llari orqali alveolalar bo'shlig'iga kimdi.
Alveolalar va ular atrofini o'rab turgan mayda qon tomirlari devori o'rtasida diffuziya yo'li bilan gazlar almashinadi. Alveola bo'shlig'idagi havo tarkibidagi kislorod qonga o'tadi, qondagi karbonat angidrid gazi esa alveolalarga o'tadi. Buning sababi shundaki, alveolalardagi havo tarkibidagi kislorodning bosimi yuqori, qon tarkibida esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori bo'lishidir. Tinch holatda odam bir minutda atmosfera havosidan 250-300 ml kislorod qabul qiladi.
To'qimalarda gaz almashinuvi. O'pka alveolalaridan diffuziya yo'li bilan qonga o'tgan kislorod qizil qon tanachalari - eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, odam tanasining barcha to'qimalariga boradi.
Qon bilan to'qimalar (hujayralar) o'rtasida gaz almashinuvi ham xuddi o'pka alveolalari bilan qon tomirlari o'rtasidagi gazlar almashinuviga o'xshab, diffuziya yo'li bilan bomdi.

Sun`iy nafas oldirish.

  • Odam shikastlanganda, suvga cho'kkanda va boshqa og'ir kasalliklarda miyadagi nafas markazining ishi buzilib, nafas to'xtab qolishi mumkin. Bunday vaqtda bemorga yordam berish maqsadida sun'iy nafas oldiriladi. Sun'iy nafas oldirish ikki usulda: «og'izdan-og'izga,) yoki (,og'izdan burunga» usulida amalga oshiriJadi. Og'izdan-og'izga sun'iy nafas oldirish quyidagicha bajariladi:
  • I. Bemor tekis joyga chalqancha yotqiziladi. Uning og'zidagi ko'pik rezina balloncha yordamida so'rib olinadi yoki barmoqqa bint o'rab artib olinadi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling