Nafas olishning ahamiyati


O'pkaning tiriklik sig'imi


Download 225.83 Kb.
bet4/5
Sana24.03.2023
Hajmi225.83 Kb.
#1293437
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nafas olishning ahamiyati

O'pkaning tiriklik sig'imi. Nafas olish va nafas chiqarish harakatlari natijasida o'pkalarga, ya'ni ularning alveolalariga uzluksiz ravishda tashqi muhitdan havo kirib va chiqib turadi.
Odam tinch turganda o'rtacha 500 ml havo oladi va shuncha havoni chiqaradi. Bunga nafas havosi deyiladi. Odam chuqur nafas olsa, tinch nafas olgandagi 500 ml nafas hav'osining ustiga o'pkaga yana 1500 ml havo kirishi mumkin (qo'shimcha havo). Odam tinch nafas chiqarishdan so'ng (nafas havosi 500 ml) chuqur nafas chiqarsa, o'pkadan yana 1500 ml havo chiqaradi (rezerv havo). Shunday qilib, nafas havosi 500 m1+ qo'shimcha havo 1500 ml + rezerv havo 1500 ml=3500 ml o'pkaning tiriklik sig'imini tashkil etadi. Erkaklarda o'pkaning tiriklik sig'imi 3500-4500 ml gacha, ayollarda - 3000-3500 ml gacha bo'ladi. Jismoniy chiniqqan odamlarda bu ko'rsatkich ko'proq bo'ladi. Qoldiq havo. Chuqur nafas chiqarilgandan keyin o'pka alveo¬lalarida 1000-1500 ml havo qoladi, bu qoldiq havodir.
O'pkaning tiriklik sig'imi spirometr asbobida aniqlanadi. Spirometr ikki xii bo'ladi: suvli spirometr va havoli spirometr (36-rasm). O'pkalarning tiriklik sig'imini aniqlash uchun odam chuqur nafas olib, so'ngra spirometr asbobining naychasiga bor kuchi bilan chuqur puflaydi. Suvli spirometr ichki silindrining yuqoriga ko'tarilishiga, havoli spirometrning esa strelkasi siljib ko'rsatgan raqamiga qarab,




3-rasm. Suvli spirometr yordamida o'pkaning tiriklik sig'imini aniqlash.



o'pkalarning tiriklik sig'imi qancha ekanligini bilish mumkin. Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanuvchi, chiniqqanodamlarda o'pkaning tiriklik sig'imi ortib, 4500-6500 ml ga yetadi. Aksincha, jismonan ojiz, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanmaydigan odamlarda o'pkaning tiriklik
sig'imi yuqorida ko'rsatilgan normadan (3500 mm dan) kam bo'lishi mumkin. O'pkalar tiriklik sig'imini kam yoki ko'p bo'lishiga qarab, odamning jismonan chiniqqanligi yoki chiniqmaganligiga baho berish mumkin.
O'pkalar ventilyatsiyasi. .Odam tinch turgan vaqtda bir minutda 16-18 marta nafas oladi. Har bir nafas olganda 500 ml atmosfera havosi o'pkaga kiradi. Agar bir minutdagi nafas soni har bir marta nafas olganda o'pkaga kirgan havo mjqdoriga ko'paytirilsa, o'pkaning minutlik ventilyatsiyasi kelib chiqadi. Tinch
holatda o'pkaning minutlik ventilyatsiyasi 8-9 I ga teng. Masalan, bir minutda 16 marta nafas olinsa, har bir nafas olganda o'pkaga 500 ml havo kiradi: 16'500=8000 ml.


Download 225.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling