Nafas organlari kasalliklari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana09.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#257848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nafas organlari kasalliklari

O‘TKIR BRONXIT 

Ta’rifi.  O‘tkir  bronxit  —  bronxlarning  o‘tkir  yallig‘lanishi.  Bu 

nafas  organlarining  eng  kup  uchraydigan  kasalligi  va  xronik 




bronxitlardan  farkli  ravishda  asosan  bemor  organizmi  sovqotganda 

virus  va  bakterial  infeksiya  natijasida  yoki  nafas  sistemasiga 

ximiyaviy  va  fizikaviy  omillarning  ta’sirlantiruvchi  ta’siri  natijasida 

rivojlanadi. 

O‘tkir bronxitlar virusli infeksiyalarda (gripp, kizamiq, difteriya, 

ko‘kyo‘tal,  adenoviruslar,  RS-viruslar,  ornitozlar  va  boshq.), 

bakteriyalar 

ta’siri 


ostida 

(pnevmokokklar, 

streptokokklar, 

stafilokokklar,  Fridlender  tayoqchasi  va  inflyuensalar  va  boshq.), 

tarkibida  zararli  gazlar  (xlor,  ammiak,  vodorod,  azot  oksidlari,  sulfat 

va  sulfid  angidrid)  konsentratsiyalari  yukrri  bo‘lgan  havodan  nafas 

olinganda,  jangovar  zaharli  moddalar  (fosgen,  difosgen,  xlor,  iprit, 

lyuizit)  dan  zaharlanishda,  har  xil chang-g`uborlar  nafasga  olinganda 

(chang-to‘zondan  bo‘ladigan  bronxitlar),  fizikaviy  omillar  ta’siri 

ostida  (termin),  o‘pka  va  bronxlar  venoz  qonga  to‘liq  bo‘lganda 

(dimlanish 

bronxitlari), 

endogen 

intoksikatsiyalarda 

(uremik 

bronxitlar),  organizmniig  allergik  holatlarida  (allergik  bronxitlar)  va 

bonщalarda rivojlanadi.  

O‘tkir  bronxit  rivojlanishiga  moyillik  qiladigan  omillar 

organizmning  sovqotishi,

 

asabiy  zo‘riqish,  alkogolni  suiiste’mol 



qilish,  turli-tuman  xronik  va  ekzogen  intoksikatsiyalar,  chekish, 

infeksiya  o‘chodlari  (rinnt,  tonzillit,  sinusitlar  va  boshqalar)  borligi, 

bronxial  devorlardagi  almashinuv  va  trofik  buzilishlar,  bronxlarning 

motor  va  evakuator  funksiyasshshng  buzilishi  va  boshqalar 

hisoblanadi. 

O‘tkir  bronxitning  klinik  manzarasi  organizmning  umumiy 

intoksikatsiyasi  simptomlaridan  va  bronxlarning  o‘zining  zararlanish 

simptomlaridan  iborat  (temperaturashshg  ko‘tarilishi,  et  junjikishi, 

umumiy holsizlik, mushaklar ogrishi, tumov, tovush bo‘gplishi, tomoq 

kichishishi,  quruq,  keyinchalik  balg‘amdi  yo‘tal,  to‘sh  orqasida 

qichishish,  yo‘talda  kuchayadigan  qichishish  sezgisi).  O‘pka 

tomonidan  bo‘ladigan  fizikal  hodisalardan  eng  xarakterlilari 

auskultativ  ma’lumotlar  —  qattiq  vezikulyar  nafas,  duruq  tarqoq 

xirillagan  tovushlar,  bronxiolit  rivojlanganda  esa  yallig‘langan 

bronxlarning  kalibri  (ingichka-yo‘g‘onligi)  va  ulardagi  yallig‘lanish 

sekretining xarakteriga ko‘ra tovushsiz nam xirillashlar yoki hushtakli 

xirillashlar  eshitiladi.  Etiologiyasi,  organizmning  dastlabki  holati, 

jarayonning  tarqalganlik  darajasiga  ko‘ra  nafas  funksiyasi,  yurak-




tomirlar sistemasi, qon  sistemasi  va boshqalar  tomonidan  turli-tuman 

o‘zgarishlar kuzatiladi. 

O‘tkir  hodisalar  odatda  1-  xafta  oxirida  o‘tib  bo‘ladi,  2-  hafta 

oxirida va 3- hafta boshida bemor batamom sog‘ayib qoladi. Kasallik 

jarayoni  bronxlarning  eng  mayda  shoxobchalariga  tarqalgan  hollarda 

— bronxiolitda prognoz yomonlashadi. 

O‘tkir  bronxitning  xronik  bronxitga  o‘tishiga  imkon  beradigan 

eng ko‘p sabablar quyidagilar: 

— makroorganizm reaktivligining pasayishi yoki o‘zgarinsh; 

—  bronxlarning  nospetsifik  ta’sirlovchilar  (chekish,  alkogol, 

sovuq va chang-to‘zonli havodan nafas olish) dan irritatsiyasi; 

—  o‘tkir  bronxitlarda  bronxlarning  chukur  neyrogumoral  va 

trofik buzilishlari; 

— bronxlar drenaj funksiyasining buzilishi; 

— yuqori nafas yo‘llarida xronik o‘choqlar borligi; 

— o‘tkir bronxitga yetarlicha davo qilmaslik. 

Ko‘pincha 

o‘tkir 


bronxitning 

xronik 


bronxitga 

o‘tishi 


quvvatsizlanib  qolgan  bemorlarda  (noqulay  sharoit  bo‘lganda), 

aksariyat  virus  etiologiyali  o‘tkir  bronxitda,  bronxlar  chuqur 

zararlanganda  va ayniqsa  o‘tkir bronxit  bronxial  o‘tkazuvchanlikning 

buzilishi bilan kechganda kuzatiladi. 

 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling