Nafas organlari kasalliklari


Etiologiyasi  va  patogenezi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana09.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#257848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nafas organlari kasalliklari

Etiologiyasi  va  patogenezi.  Etiologik  omillar  ko‘p,  biroq 

ulardan eng muhimlari quyidagilar: 

—  atmosferaning  ifloslanishi  (zararli  moddalar  ta’siri,  havoda 

azot  oksid  va  sulfid  gazi  konsentratsiyasining  o‘zgarishi,  tutun  ta’siri 

va boshq.); 

—  toksinli  moddalar,  kasb-korga  aloqador  zararli  moddalar, 

tabiatan  organik  (paxta,  un  changi)  va  noorganik  turli-tuman  chang 

zarrachalari (kumir, kvars, sement va boshq.) ta’siri, shuningdek nssiq 

sexlarda yuqori temperatura ta’siri va hokazo; 

—  tamaki  chekish.  Tamaki  tutuni  ko‘p  sonli  tarkibiy  qismlar 

saqlaydi (piridin asoslari, ammiak, nikotin va boshq.). Epidemiologik 

tekshiruvlarda  bronxit  bilan  kasallanish  chastotasi  bilan  chekiladigan 

sigaretalar  soni  o‘rtasidagi  bog‘liqlik  aniqlangan.  Passiv  chekishga 

(o‘zi chekmasada chekuvchi yonida bo‘lganlarga) xam katta ahamiyat 

beriladi:  chekuvchi  odamlar  oilalarida  xronik  bronxit  kasalligi 

chekmaydigan  oila a’zolari o‘rtasidagi odamlarga qaraganda, ayniqsa 

bolalarda ko‘proq topiladi; 

—  mikrob  florasi  (streptokokk,  stafilokokk,  diplokokk, 

inflyuensa  tayoqchasi,  pnevmokokk  va  boshq.),  viruslar  (gripp, 

qizamiq,  ko‘kyo‘tal  va  boshqalar  qo‘zgatadigan),  yuqori  nafas 

organlari 

infeksiyalarining 

xronik 

o‘choqlari, 

burun-halkum 

kasalliklari  (rinit,  gaymorit,  tonzillit,  o‘tkir  respirator  kasalliklar  va 

boshq.) roli; 

— iqlimga (nam, sovuq, keskin kontinental), fonga (o‘pka, yurak 

kasalliklari, xronik buyrak yetishmovchiligi va nafas sistemasi ximoya 

mexanizmlarining buzilishi bilan o‘tadigan boshqa holatlar), endogen 

omillarga  («oilaviy»  bronxitlar,  konstitutsional,  irsiy  moyillik, 



birlamchi immunitet tanqisligi buzilishlari va boshq.), moyil qiladigan 

(yelvizak,  sovkotish,  ichkilik  ichish  va  boshq),  shuningdek  allergik 

omillarga (oqsil tabiatli va oksilliz allergenlar ta’siri) ma’lum darajada 

ahamiyat beriladi. 

1-j a d v a l 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling