ULARNING NAZORATI
Pulmonologiya (lot. pulmo –o’pka grek. logos- ta’limot) ichki kasalliklar bo’limi bo’lib, nafas organlari kasalliklari tashhisi, davolanishiva profilaktik tadbirlar o’tkazishni o’rganadi.
Nafas organlari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni ko’zdan kechirish va parvarishi 2 yo’nlishda olib boriladi.
Umumiy tadbir- har qanday kasallik bilan kasallangan bemorlarda quydagi parvarish va kuzatuv olib boriladi.
-bemorni umumiy ahvolini ko’zdan kechirish
-termometriya
-arterial qon bosimi va puls nazorati
-harorat varaqasini to’ldirish
-bemorning shaxsiy gigeyanasiga rioya qilish
-sudna qo’yish
Maxsus tadbirlar - bu nafas organlari kasalligi simptomlari (xansirash, yo’tal, qon qusish va og’riq) bilan og’rigan bemorlarni kuzatish va parvarish qilish choralaridir.
FUNKSIONAL HOLATNING BAHOLANISHI
Yuqumli kasalliklar nafas olish yo’llari yoki o’pka to’qimalarining yallig’lanishiga olib keladi. Ushbu kasalliklar burundan nafas olish, nafas yo’llari bo’yicha havo o’tishining buzilishi, ko’krak yoki tomoqda og’riqlar, yo’tal, shilimshiq va
balg’am paydo bo’lishi bilan kechishi mumkin. Nafas olish sistemasining og’ir buzilishi nafas qisish, bo’g’ilishga olib keladi.
Nafas olishga ta’sir ko’rsatish
Nafas yo’llarining o’tuvchanligini qayta tiklash.
Balg’am ko’chishini ta’minlash.
Nafas olishning maxsus rejimlari.
Shaxsiy nafas olishning o’rnini bosuvchi o’pkalarni sun’iy va yordamchi ventilyatsiyasi.
Kislorod bilan ingalyatsiya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |