Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1197-1203
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 1198 www.ares.uz
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Nutqda o’zaro muloqot jarayonida lisoniy birliklarga hamroh bo’ladigan
paralingvistik vositalar alohida o’rin egallaydi. Diskurs jarayonida adresant va
adresatning nolisoniy vositalaridan foydalanishlarning quyidagi ko`rinishlari
kuzatiladi. 1.Adresantning lisoniy ko`rinishidagi so`roq fikriga yoki iltimos, maslahat
yoxud mulohazasiga adresat nolisoniy vosita orqali javob beradi. Suyun burgut
bedazor o`rtasidagi yog`och karavatga borib o`tirdi. Marjonoy qo`rqa-pisa unga
yaqinlashdi.
-Nima bo`ldi? Nega tog`dan barvaqt qaytdingiz. Suyun burgut qo`lini horg`in
silkitdi.
- Yana boshlandi! – dedi uf tortib. (Adolat manzili 35 bet).
Bu muloqotda adresantning savoliga adresat lisoniy vositalar yordamida javob
bergan va so`zlovchi yonidagi sherigining nima deyotganini anglab oladi. Aloqa –
aralashuv jarayonidagi kommunikantlarning ishoraviy harakati (boshning vertikal
harakati)ni yozuvchi ishora fellari bilan ifodalaydi. (bosh irg`amoq). Bu o`rinda bosh
irg`amoq fe’li ikkilamchi ma’no kasb etib, umumiy tasdiq ma’nosini bildiradi.
- Hozir biz bu kishini emas, - Sharnovskiy Mansur meshga imo qildi, - sizni
tergov qilyapmiz. O`zingdan gapir, Suvonqulov! Xo`sh, chiqarasanmi yashirgan
pullaringni yo ...
Suyun burgut qaysargina bosh chayqadi. Yashirgan bir tiyinim ham yo`q!
(Adolat manzili 45 bet).
Ishorafe’llariningishoraviyma’nosiramziyma’nobo`lib, jonli muloqot davomidagi
ishoraviy harakatning lisoniy belgisi sanaladi: yelkasini uchurmoq – bexavotirlik,
bosh tebratmoq – inkor, mushtini tugmoq – darg`azab bo`lmoq, achchiqlanmoq.
- Iloji bo`lsa, jurnalistika sohasida o`qimoqchiman.
- Nega iloji bo`lmas ekan? – dedi Klora.
- Xohlasangiz, Moskvaga o`qishga jo`nataman! Lochin yelkasini uchirdi:
(Adolat manzili 56 bet). Keltirilgan bu muloqotda esa yelkasini qismoq bilmadim
degan ma’no anglatib, ya’ni hali bir qarorga kelmaganligi sezilib turibdi.
2. Adresantning nutqiy shakldagi fikriga adresat tomonidan nolisoni javob
beriladi va lisoniy shaklda ta’kidlanadi.
-Suyun burgut qo`lini horg`in silkitdi.
– Yana boshlandi! – dedi uf tortib. (Adolat manzili 35 bet).
3. Adresantning ishoraviy savoliga javob beradi. Adresat lisoniy vosita bilan
javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |