Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1197-1203
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 1199 www.ares.uz
Muloqotning bu shaklida kommunikantlarning mavqei va holati ahamiyatli
sanaladi. Adresantning yoshi katta ijtimoiy mavqei, lavozimi adresatdan yuqori yoki
teng bo`lishi, ayrim hollarda vaziyat lisoniy aloqani talab qilishi kerak bo`ladi.
Hibsxonaga birinchi bo`lib kirgan keksaroq militsioner, qovog`ini uyib Suyun
burgutga qaradi. Sening ishingmi, bu, Burgut beganday
- Bir bo`hton yetmovdi, ikkinchisini boshlamoqchimisiz? Bug`ilib dedi u …
4. Diskurs jarayonida har ikkala suhbatdosh nutqiy bo`lmagan shaklda aloqaga
kirishadilar va o`zaro fikr almashadilar.
Masalan, savol nazari bilan qarashi tinglovchi ham gapir deganday bosh
irg`ashi. Aloqa – aralashuv jarayonidagi lisoniy muloqot bilan nolisoniy muloqotning
matnida ishora anglatgan ma’no muallif tomonidan izohlab kelinadi. Bu izoh ishora
fe’llari va uning anglatgan ma’nosidan iborat bo`ladi.U “to`g`rimi” degandek qaradi.
Vazmin bosh qimirlatib qo`ydi.
Bundan tashqari kommunikatsiya jarayonida nigoh (ko`z) va bosh harakatlari
muloqotni shakllantiruvchi vositalar bo`lib kelmoqda.
- Suyun burgut! – dedi direktor qovag`ini uyib. – Burgut-ye mening ulim! Ulim
bo`lmasa ... ikki ming yilqini inonib topshirib qo`yarmidim, Burgutga? (Adolat
manzili 46 bet).
Ta’kidlaganimizdek muloqot jarayonida lisoniy vositalardan tashqari nolisoniy
ekstralingvistik va paralingvistik vositalarning o`rni katta bo`lib, so`zlovchi bu
vositalardan o`rinli foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
- Yolg`on so`z bul! Yolg`on! – Mansur mesh go`dakning boshiday yum-
yumaloq, yumshoq mushti bilan xontaxtani gurs etib urdi. Dir-dir titragan qo`llarini
dasturxondagi guldor ro`molchaga cho`zganicha Buning hammasi uyushtirilgan,
tashkil qilingan! Esa, ... shu kolxozda o`ttiz yil boshliq bo`lib ... kimga yomonlik qildi
kamina? (Adolat manzili 38 bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |