Nagd pulsiz xisob-kitob shakllari


Download 95.37 Kb.
bet3/3
Sana26.01.2023
Hajmi95.37 Kb.
#1124966
1   2   3
Bog'liq
12. Nagd pulsiz xisob-kitob shakllari

Korxonalardan hujjatlar qabul qilish, shartnomada boshqa narsa ko’zda tutilmagan bo’lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Bunda operatsion kun davomida bank tomonidan korxonalardan qabul qilingan hujjatlar shu kunning o’zidayoq ijro qilinadi. Mas’ul ijrochi mijozlardan to’lov topshirig’ini olgandan so’ng, to’lov topshirig’idan barcha rekvizitlarning to’liq va to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi. Bundan tashqari, to’lovchi korxonaning depozit bo’yicha ochilgan hisobvarag’ida hujjatda ko’rsatilagan summani to’lashga etarli pul mablag’lari borligini aniqlaydi. Agar to’lov topshirig’i to’g’ri va to’liq rasmiylashtirilib, uni to’lashga etarli pul mablag’lari bo’lsa, mas’ul ijrochi topshiriqnomadagi barcha ma’lumotlarni dasturiy yo’l bilan kompyuter orqali bankning elektron to’lovlarini amalga oshiruvchi hisoblash markaziga o’tkazadi. Ertasi kun ertalabdan kechikmagan muddatda bank balansi chiqarilgandan keyin hujjatning birinchi nusxasi bankning kundalik yig’majildiga tikiladi va belgilangan tartibda avval joriy arxivda saqlanadi, bir yil o’tgandan so’ng umumiy bank arxiviga topshiriladi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi esa mijozning hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda operatsiyalar o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida mijozga qaytarib beriladi.

  • Korxonalardan hujjatlar qabul qilish, shartnomada boshqa narsa ko’zda tutilmagan bo’lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Bunda operatsion kun davomida bank tomonidan korxonalardan qabul qilingan hujjatlar shu kunning o’zidayoq ijro qilinadi. Mas’ul ijrochi mijozlardan to’lov topshirig’ini olgandan so’ng, to’lov topshirig’idan barcha rekvizitlarning to’liq va to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi. Bundan tashqari, to’lovchi korxonaning depozit bo’yicha ochilgan hisobvarag’ida hujjatda ko’rsatilagan summani to’lashga etarli pul mablag’lari borligini aniqlaydi. Agar to’lov topshirig’i to’g’ri va to’liq rasmiylashtirilib, uni to’lashga etarli pul mablag’lari bo’lsa, mas’ul ijrochi topshiriqnomadagi barcha ma’lumotlarni dasturiy yo’l bilan kompyuter orqali bankning elektron to’lovlarini amalga oshiruvchi hisoblash markaziga o’tkazadi. Ertasi kun ertalabdan kechikmagan muddatda bank balansi chiqarilgandan keyin hujjatning birinchi nusxasi bankning kundalik yig’majildiga tikiladi va belgilangan tartibda avval joriy arxivda saqlanadi, bir yil o’tgandan so’ng umumiy bank arxiviga topshiriladi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi esa mijozning hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda operatsiyalar o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida mijozga qaytarib beriladi.

Download 95.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling