To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi - To’lov topshiriqnomasi bu to’lovchi korxonaning uning bankdagi depozit hisobvarag’idan pul mablag’larining ma’lum bir summasini boshqa mijozning hisobvarag’iga o’tkazish xaqida o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka bergan topshirig’idir. To’lov topshiriqnomasi 0505411002 shakldagi standart blankada to’lovchi tomonidan rasmiylashtirilib bankka topshiriladi. To’lov topshiriqnomalari orqali kuyidagi to’lovlar amalga oshiriladi:
- tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar;
- notovar operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar;
- Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida ko’zda tutilgan bo’lsa, bank ssudalari va unga ko’shilgan foizlarni qoplash uchun mablag’ o’tkazish;
- Hukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan hollardagi bank to’lovlari.
- Lekin har doim ham bir-biri bilan munosabatda bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bir bank xizmatidan foydalanmaydilar, chunki hisob-kitoblar bir hudud tashqarisiga chiqishi mumkin. Agar to’lovchi va mablag’ oluvchi korxonalarga bir hudud ichidagi yoki boshqa hududda joylashgan turli bank bo’limlari tomonidan xizmat ko’rsatilsa, to’lov topshiriqnomalari bankka ikki nusxada taqdim etiladi:
- birinchi nusxasi to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning muhr izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi;
- ikkinchi nusxasi bank bo’limining muxr izi tushirilgan, bank mas’ul ijrochisining imzosi, to’lov amalga oshirilgan sana va topshiriqnomani qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda to’lovchi korxona vakiliga beriladi.
To’lov topshirig’ida quyidagi rekvizitlar ko’rsatilishi lozim: - a) to’lov topshirig’ining nomi va nomeri.
- b) to’lov topshirig’i to’ldirilgan sana, ya’ni kun, oy va yil.
- v) to’lovchining nomi, to’lovchi bankining nomi va kodi.
- g) to’lovchining hisobvaraq nomeri va identifikatsiya kodi.
- d) mablag’larni oluvchi korxona nomi, unga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi va kodi
- j) mablag’ oluvchining hisobvaraq nomeri.
- z) to’lovlarning summasi raqam va yozuvlarda ko’rsatiladi.
- i) to’lovning maqsadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |