Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni
Download 321.48 Kb.
|
atrabotka 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Absolyut namlik.
- (6.35) (23.1) bu erda, R
6.7.1. NAM HAVONING ASOSIY PARAMETRLARI
Nam havo quruq havo va suv bug‘larining aralashmasidan iborat. Quritishda nam havo namlik va issiqlik tashuvchi agent vazifasini bajaradi. Ba’zan tutunli gazlar yoki ularning havo bilan aralashmasi ishlatiladi, biroq nam havo va tutunli gazlarning fizik xossalari bir - biridan faqat son qiymati bo‘yicha farq qiladi. Nam havoning asosiy xossalari quyidagi tushunchalar bilan belgilanadi: absolyut namlik, nisbiy namlik, nam saqlash, ental’piya. Absolyut namlik. Nam havoning hajm birligiga to‘g‘ri kelgan suv bug‘larining miqdori absolyut namlik deb ataladi va (kg/m3) bilan belgilanadi. Agar nam havo sovitilib borilsa, ma`lum temperaturaga etgach, namlik shudring sifatida ajrala boshlaydi. Namlikning bunday holatda ajralishiga to‘g‘ri kelgan temperaturaga shudring nuqtasi deb ataladi. Bunday sharoitda havo tarkibida maksimal miqdorda suv bug‘i bo‘ladi. havoning to‘yinish paytidagi absolyut namligi t (kg/ m3) orqali ifodalanadi. Nisbiy namlik. Havo absolyut namligining to‘yinish paytidagi absolyut namlikka nisbati nisbiy namlik deb ataladi. Havoning nisbiy namligi (to‘yinish darajasi) protsent hisobida quyidagi ifoda bo‘yicha topiladi: (6.35) (23.1) bu erda, Rsb –tekshirilayotgan nam havodagi suv bug‘ining partsial bosimi, Pa; Rt – berilgan temperatura va umumiy barometrik bosimda to‘yingan suv bug‘ining bosimi, Pa. Nisbiy namlik havoning muhim xossasi hisoblanadi. Havo tarkibida namlik qancha kam bo‘lsa, bunday havo quritish jarayonida shuncha samarali ishlatiladi. Namlik bilan to‘yingan havodan qurituvchi agent sifatida foydalanib bulmaydi. Nisbiy namlikni aniqlash uchun psixrometrdan foydalaniladi. Psixrometr ikkita termometrdan iborat bo‘lib, bitta termometrning sharchasi doim ho‘llab turiladi va u ho‘l termometr deb ataladi. Quruq va ho‘l termometrlar ko‘rsatishlarining ayirmasi temperaturalarning psixrometrik ayirmasi deyiladi. Nisbiy namlik qancha kam bo‘lsa, ho‘l termometr sharchasi yuzasida suvning bug‘lanishi shuncha tez boradi, natijada sharcha tezlik bilan soviydi. SHu sababli havoning nisbiy namligi kamayishi bilan temperaturalarning psixrometrik ayirmasi ko‘payadi. Bu ayirma asosida psixrometrik jadvallar yoki diagrammalar yordamida havoning nisbiy namligi topiladi. Download 321.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling