Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Ta`limning maktabdan tashqari shakllari


Download 1.08 Mb.
bet118/241
Sana21.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1792031
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   241
Bog'liq
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org

Ta`limning maktabdan tashqari shakllari. Ta`limning maktabdan tashqari shakllari xilma-xil bo‘lib, ular orasida uy vazifalari, ekskursiyalar alohida qimmatga ega. Uy ishlari sinfda bajarilgan ishlarning tabiiy davomi bo‘lib, ular o‘quvchilarda mustaqillikni tarbiyalashning yyetakchi shakli sanaladi.
Hozirgi didaktik adabiyotlarda uy vazifalarini tashkil etishning normativ chegaralari belgilangan: 1 - sinfda 1 soat, 2 - sinfda 1,5 soat, 3 – 4 – sinflarda 2 soat, 5 - 6 - sinflarda 2,5 soat, 7- sinfda 3soat, 8 – 9 - sinflarda 4 soat.
Uy vazifalari o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko‘rsatmalariga ko‘ra bajariladigan amaliy va nazariy topshiriqlardir. Uy vazifalari quyidagi pedagogik talablar asosida tashkil etiladi:
-o‘quvchilarda uy vazifalarini bajarishga ishtiyoq, havas, qiziqishlarni oshirish. Buning uchun uy vazifasining maqsadi, ahamiyati tushuntiriladi, sinfda va uyda bajariladigan ishlar o‘rtasida vorislik o‘rnatiladi;
-uy vazifalarini bajarishga javobgarlik hissini tarbiyalash. Uy vazifalarining bajarilishini nazorat etish, bolalarni rag‘batlantirish, eng yaxshi bajarilgan uy ishlarini numuna qilib ko‘rsatish yo‘llari bilan bolalarda uy vazifalarini bajarishga javobgarlik hissi tarbiyalanadi;
-uy vazifalarining tushunarliligini ta`minlash. Uy vazifalari bolalarning kuchi yetadigan bo‘lishi shart. Har bir uy vazifasini bajarish uchun yetarli miqdorda maslahatlar berish;
-uy vazifalarini asta-syokin murakkablashtirib borish, ularning optimal qiyinligini ta`minlash;
-uy vazifalari turlarini o‘zgartirib turish. Bir xil uy topshiriqlari (masalan, grammatik mashqlarni bajarish, misol va masalalarni echish) o‘quvchilarning o‘quv predmetlariga qiziqishlarni susaytiradi;
-o‘quvchilarni uy vazifalarini bajarishga tayyorlash. Buning uchun uy vazifasini bajarish maqsadi tushuntiriladi, zarur ko‘rsatmalar beriladi;
-uy vazifasini bajarish uchun gigiyenik talablarga javob beradigan sharoit yaratish.
O‘quvchilarda kuzatish, fakt to‘plash va ularni tahlil qilishga oid ko‘nikmalarni rivojlantirishda o‘quv ekskursiyasini ahamiyati nihoyatda katta. O‘quv ekskursiyalari o‘quv dasturlarida ko‘zda tutilgan bo‘lib, u yoki bu o‘quv predmeti uchun ajratilgan vaqt doirasida o‘tkaziladi. ekskursiya o‘rganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda kuzatish ta`limni hayot, ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bog‘lanishning yetakchi shakli sanaladi. ekskursiyaning tarbiyaviy ahamiyati ham katta: uning vositasida bolalarda jamoatchilik, vatanparvarlik, estetik tarbiya amalga oshiriladi.
O‘quv ekskursiyalari to‘rt tomonlama tasnif etiladi: o‘quv predmetlariga ko‘ra; ajratilgan vaqtga ko‘ra; ta`lim jarayonidagi o‘rniga ko‘ra; tarkibiga ko‘ra.
O‘quv predmetlariga ko‘ra ekskursiyaning quyidagicha turlari farqlanadi: ona tilidan lingvistik ekskursiya; tarixdn tarixiy obidalarga tarixiy ekskursiya; fizika va ximiyadan zavod, fabrikalarga ekskursiya; tabiatshunoslikdan tabiatga ekskursiya.
Ta`lim jarayonidagi o‘rniga ko‘ra ekskursiyaning quyidagicha turlari ajratiladi: kirish ekskursiyalari – o‘quv predmeti yoki uning biror bo‘limini o‘rganishdan oldin o‘tkaziladi. Uning yordamida shu bulim, o‘quv predmetiga oid faktlar to‘planadi; joriy ekskursiya – o‘quv predmetini, uning biror bo‘limini o‘rganish bilan aloqador ekskursiya. ekskursiyaning bu turi o‘quv predmetiga oid katta mavzu, bo‘limlarni o‘rganish bilan parallel` o‘tkaziladi; yakunlovchi ekskursiya – o‘quv predmeti to‘liq o‘rganilgandan keyin tashkil etiladi.
Tarkiban ekskursiyaning ikki turi ajratiladi: bir o‘quv predmetiga (masalan, faqat adabiyotga) oid ekskursiya kompleks ekskursiya– bir qancha o‘quv predmetiga oid (masalan, tabiatga) ekskursiya. Bunday ekskursiya materiallari geografiya, biologiya, fizika kabi qator o‘quv predmetlari bo‘yicha to‘planadi.
Ajratilgan vaqtga ko‘ra ekskursiyaning ikki turi farqlanadi: qisqa muddatli ekskursiya – masalan, biologiyadan “Gulning tuzilishi” mavzusini o‘tishdan oldin maktab bog‘iga qisqa muddatli ekskursiya o‘tkazish, yerga tushgan gullarni to‘plash, dars paytida ulardan jonli material sifatida foydalaniladi; uzoq muddatli ekskursiyalarga bir kun, hatto o‘quv haftasi ajratilishi mumkin.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling