Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
Download 1.08 Mb.
|
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tramp rejasi.
Qator sinflar tizimi. Qator sinflar yoki mangeym tizimining asoschisi Yozef Anton Zikkinger (1858-1930) edi. Y.A.Zikkingerning fikricha, o‘quvchilar aqliy taraqqiyotining har xil darajada bo‘lishi jamoa asosidagi o‘qitishning eng asosiy kamchiligidir. Bir xil yoshdagi, lyokin taraqqiyot darajasi turlicha bo‘lgan o‘quvchilarni bir jamoaga to‘plab o‘qitish ta`limni tashkil etish, unga rahbarlik qilishni murakkablashtiradi. Bu kamchilikni yo‘qotish uchun bolalarni layoqati, qobiliyati, o‘zlashtirish darajasiga qarab turli qator sinflarga ajratmoq zarur. Y.A.Zikkinger shu tezisga asoslanib, bir xil yoshdagi o‘quvchilarni to‘rt qator-har xil sinflarga birlashtirishni taklif etgan edi: asosiy sinflar-o‘rtacha qobiliyatga ega o‘quvchilar sinfi; qobiliyatlari kam taraqqiy etgan o‘quvchilar sinfi-sinf o‘quvchilarining barchasi maktabni tugatishi shart emas; yordamchi sinflar-aqlan zaif bolalar sinfi; chet tillar sinfida eng qobiliyatli bolalar o‘qishadi, ular yuqori sinflarda kollej va oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishadi.
Har bir qator sinfda o‘qish muddati ham turlicha belgilangan asosiy sinflarda o‘quvchilar 8 yil, ikkinchi (qobiliyatlari kam taraqqiy etgan) va uchinchi (aqlan zaif) qator sinflarda to‘rt yil, qobiliyatli bolalar sinfida esa 6 yil o‘qishgan. Har bir qator sinfda o‘quv-tarbiya ishlari alohida dastur, darslik, tartib asosida o‘tkazilgan. O‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, taraqqiyot darajasiga ko‘ra mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Tramp rejasi. O‘tgan XX asrning 60-yillarida sinfning jamoa va bolalarning individual ishlarini o‘zaro qo‘shib olib borish g‘oyasi asosida ta`limni tashkil etish masalasini amerikalik pedagog Loyd Tramp ishlab chiqqan. L.Trampning fikricha, maktablarda umumta`lim berish uchun 100-150 o‘quvchiga mo‘ljallangan guruhlar tashkil etilishi lozim. Bunda ta`lim uchun ajratilgan vaqtning 40 foizi miqdorida ish turli texnik vositalar yordamida nazariy materialni o‘rganishga ajratiladi. Keyin o‘quvchilar kichik guruhlarga 10 yoki 15 kishidan bo‘linadi. Buning uchun 20 foiz vaqt ajratiladi. Shu vaqt mobaynida ma`ruza paytida tinglangan, informatsiyalar tahlil etiladi, savol-javob o‘tkaziladi, o‘rganilgan materiallar oldin o‘tilgan mavzular bilan solishtiriladi, ularni farqlari ajratiladi. Keyin har bir o‘quvchi uchun alohida mustaqil ish topshiriladi. O‘quv jarayoni uchun ajratilgan vaqtning 40 foizi doirasida bolalar mustaqil ishlab, turli intellektual ishlarni bajarishadi. Ta`limning tashkiliy shakllari o‘quvchilar miqdori va ta`limni amalga oshirish o‘rniga ko‘ra tasnif etiladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling