Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
Download 1.08 Mb.
|
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-Mavzu: Ta’limning tashkiliy shakllari va metodlari REJA
- Tayanch so‘z va iboralar
- Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha.Ta’lim shakllarining tarixan paydo bo‘lishi.
Mustahkamlash uchun savollar:
Ta’lim metodlari nima va ular qanday turkumlanadi? Ta’lim metodlariga qanday pedagogik talablar qo‘yiladi va ularni izohlang? Ta’limning og‘zaki metodlari nima va ularga qaysilar mansub? Ta’limning ko‘rsatmali metodlariga qaysilar mansub va ularni pedagogik asoslang? Ta’limning amaliy metodlari nima va uning qanday turlari mavjud? Muammoli ta’lim metodi nima va uning mazmunini asoslang. Ta’limning yana qanday metodlari mavjud va nima uchun turli nomlar bilan aytiladi? Nima uchun o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari hisobga olib baholab 8-Mavzu: Ta’limning tashkiliy shakllari va metodlari REJA: 1.Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha. 2.Ta’limning asosiy shakli-dars va unga qo‘yilgan talablar. 3.Darsning xil (tip)lari va ularning tuzilish shakllari. 4. Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari. 5. Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari. Tayanch so‘z va iboralar:Ta’lim shakl, dars, ta’limning asosiy shakli-dars, darsga qo‘yilgan talablar, darsning xil (tip)lari, sinf-dars tizimi, Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari, seminar va amaliy tajriba ishlari, noan’anaviy shakllar, noan’anaviy dars.Tashxis, nazorat, baho, reyting, joriy, oraliq, yakuniy, baholash tamoyillari. Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha.Ta’lim shakllarining tarixan paydo bo‘lishi. Ta`limning tashkiliy shakllari o‘quvchilar miqdori, o‘quv ishlarini o‘tkazish o‘rni, vaqti, hamda o‘qitish va o‘qish faoliyatlarining amal qilishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ta`lim yakka bir o‘quvchi bilan o‘tkazilsa, individual ta’lim sanaladi. Ta’lim o‘quvchilarning qiziqishi, qobiliyati, tayyorgarlik darajasini hisobga olib alohida-alohida o‘quvchilar jamoalari bilan tashkil etilsa, guruhlar asosida o‘qitish deb yuritiladi. Umumsinf ishi esa sinf jamoasiga mo‘ljallanadi. Sinf-dars tizimi oldindan belgilangan xona, rejim asosida olib borilsa, ta`limning ayrim turlari, masalan, ekskursiya, maktabdan tashqari joyda tashkil etiladi. Ta`limning tashkiliy shakllarini atroflicha o‘rganish ularning ta’lim metodlari, vositalari bilan taqqoslashni taqozo etadi. Ta’lim metod, vositalarini belgilashda yosh xususiyatlari, o‘quv materiallarning mazmuni, murakkabligi, qiyinligi hisobga olinsa, ta`limning tashkiliy shakllarini tanlashda uning yaqin didaktik maqsadlari, vazifalariga tayaniladi. Ta’lim metodlari, vositalari aynan olingan sharoitda qanday o‘qitiladi, degan savolga javob berish imkoniyatini bersa, ta`limning tashkiliy shakllari qanday qilib, qaerda, qachon o‘qitiladi degan savollarga javob tanlashni ta`minlaydi. Binobarin, ta’limning tashkiliy shakllari mazmun va hajm jihatdan keng kategoriya bo‘lib, ular ta’lim metodlari vositalaridan quyidagicha farq qiladi. Ta’lim metodlari, vositalaridan ta`limning tashkiliy shakllarida foydalaniladi, ta’lim prinsiplari bevosita o‘quv-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Shu jihatdan qaraganda, ta’limning tashkiliy shakllari ta`lim metodlaridan foydalanish, ta’lim prinsiplarini amalga oshirish obyekti-muhiti sanaladi. Ta`limning tashkiliy shakllari o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta`sirini tartibga tushirish omili bo‘lib, ularga ko‘ra ta`lim bosqichma-bosqich harakat qiladi. Masalan, bolalarga biror o‘quv materiallini o‘rgatmoqchi bo‘lsak, quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi; o‘rganilgan qoidalarni turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etish. Ta`limning tashkiliy shakllariga ko‘ra bolalarning individual, guruh va jamoa ishlari nisbati aniqlanadi, ulardan maqsadga muvofiq foydalanish, individual, guruh va jamoa ishlarini optimal qo‘shib olib borish o‘lchovlari belgilanadi. Ta`limning tashkiliy shakllari asosida bolalarning o‘quv-biluv faoliyati tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi. Ko‘rinadiki, ma`lumot mazmunini o‘zlashtirish bevosita ta`limning tashkiliy shakllari bilan ham aloqadordir. O‘qitish va o‘qish faoliyati o‘zaro ta`sirining belgilangan tartibda ma`lum o‘rin hamda vaqtda amalga oshishiga ta`limning tashkiliy shakllari deyiladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling