Namangan Davlat Pedagogika Instituti Boshlang’ich ta’lim 1-kurs S. Bts-ku-22 guruh talabasi G’ofurova Halimaning Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanidan Mustaqil ishi


Download 1.21 Mb.
bet4/5
Sana18.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1210855
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish..

Tarbiya tamoyillari Tarbiya tamoyillari deb yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yoʻnalishiga qoʻyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy gʻoya va qoidalar yigʻindisiga aytiladi. Tarbiya tamoiyllari oʻqituvchi va tarbiyalanuvchilarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi qoidalar boʻlib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilgʻor ta’limotlar gʻoyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi.

Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilgʻor tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat: · Tarbiyaning maqsadga yoʻnaltirilganligi va gʻoyaviyligi; · Tarbiyada demokratik va insonparvarlik gʻoyalarining ustunligi; · Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi; · Tarbiyada izchillik va tizimlilik; · Tarbiyaning ijtimoiy hayot bilan qoʻshib olib borish; · Tarbiyani mehnat bilan bogʻlash; · Tarbiyalanuvchi shaxsni xurmat qilish;

· Tarbiyada oʻquvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish; · Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash; · Tarbiyada oʻquvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yoʻqotish.

Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovasion texnologiyalardan foydalanish. Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda oʻziga xos jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy gʻoyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgilash mumkin:  tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;  tarbiyani tashkil etishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyoj (ragʻbat);  tarbiya maqsadi;  tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar);

 tarbiyachi faoliyati;  tarbiyalanuvchi faoliyati;  tarbiya samarasi (natija). Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish aniq maqsadga va ijtimoiy gʻoyaga asoslangan hamda tarbiyalanuvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi demakdir.


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling