Namangan Davlat Pedagogika Instituti Boshlang’ich ta’lim 1-kurs S. Bts-ku-22 guruh talabasi G’ofurova Halimaning Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanidan Mustaqil ishi


Download 1.21 Mb.
bet3/5
Sana18.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1210855
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish..

Tarbiya jarayoniga oʻqituvchi rahbarlik qiladi. Oʻquvchilar faoliyatini belgilaydi, ularni ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Tarbiyani samarali yoʻlga qoʻyish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini – tarbiya jarayonining manbasini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bir soʻz bilan aytganda tarbiya jarayoni – har bir insonning hayotda yashashi (umumiy faoliyat, ta’lim, tarbiya) jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy koʻnikmasini oʻzida shakllantirish va oʻzgalarga berish jarayonidir.

Tarbiya jarayonida ichki va tashqi qarama-qarshiliklar mavjud boʻlib, u bevosita tarbiyalanganlik darajasiga bogʻliq boʻladi. Tarbiyada oʻquvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak boʻladi. Bu jihat unutilsa, qarama-qarshiliklar kuchayadi. Tarbiyalanganlik – milliy urf-odatlar, qadriyatlarga e’tiqod bilan rioya qiladigan, noqonuniy ishlardan oʻzini tiya oladigan, oʻz xatti-harakatlari bilan oʻzgalar nafratini qoʻzgʻamaydigan xulq-atfordir. Faoliyat jarayonida hosil boʻlgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.

Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – oʻquvchilik yillarida uning ongiga turli-tuman faoliyat (oʻqish, mehnat, oʻyin sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etishi mumkin. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshiriladi, uning tarkibiy qismlari ham ayni bir vaqtda faoliyatning biror turi asosida amalga oshiriladi. Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi.

Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya jarayoni oʻqituvchi va ta’lim oluvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar oʻrtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayoni oʻziga xos xususiyatlarga ega: maqsadga yoʻnaltirilganligi; koʻp qirrali jarayon; uzoq muddat davom etishi; uzluksizligi; yaxlitligi; variativligi; natijalarning oldindan aniqlanmasligi; ikki tomonlamalilik;


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling