Auditoriyadan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi
turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
- esse – dolzarb mavzu bo‘yicha shaxsiy fikrini tanqid, publisistik va boshqa janrlarda yozma bayon qilish;
- dokladlar tayyorlash;
- kurs ishi yozish;
- konspekt yozish;
- glossariy tuzish;
- individual va guruhiy o‘quv loyihasi;
- keys-topshiriqlarini bajarish;
- interfaol metodlarni ko‘llash;
- mavzuli portfoliolar tuzish;
- axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash;
- manbaalar bilan ishlash;
- infografika tuzish;
- chizma-tasviriy modellar (intellekt-kart, freym, mantiqiy graf va h.k.) yaratish;
- multimediali taqdimotlar yaratish;
- darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash;
- darsdan tashqari mashg‘ulotlar ishlanmalarini tayyorlash;
ta’lim yo‘nalishi(mutaxassislik)ning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ishlarning boshqa turlaridan foydalanish mumkin.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzulari:
1. Analitik kimyo vazifalari, metodlari. Sifat analizi, moxiyati, metodlari. Kationlar va anionlar analizining sistemalari.
2. Massalar ta’siri qonuni sifat analizining asosidir. Bu qonunni elektrolitik dissosiyalanish jarayoniga qo‘llanilishi. Ionlanish darajasi va kontantasi orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi tenglamani keltirib chiqarish.
3. Kuchli elektrolitlar nazariyasi. Suvning ion ko‘paytmasi. Bufer eritmalar va ularning pH qiymatini xisoblashga oid tenglamalarni keltirib chiqarish.
4. Cho‘kmalarni xosil bo‘lishi va erishi. Qiyin eruvchan elektrolitlarning eruvchanlik ko‘paytmasi tenglamasini keltirib chiqarish
5. Tuzlarning gidroliz jarayoniga massalar ta’siri qonunini tadbiqi. Gidroliz kontantasi va darajasini xisoblash tenglamalarini turli tuzlar uchun keltirib chiqarish. Gidrolizlanuvchi xar xil tuzlarning eritmalari uchun pH va pOH qiymatlari.
6. Komplekslar xosil bo‘lishi va ularni dissosiyalanish jarayoniga massalar ta’siri qonunining tadbiqi.
7. Miqdoriy analiz, uning metodlari, ularning tavsifi. Bu analizning zamonaviy instrumental metodlari.
8. Gravimetrik metod moxiyati. Cho‘kma shakllari. Cho‘ktiruvchi miqdorini xisoblash. Kristall va amorf cho‘kma olish sharoitlari.
9. Xajmiy analiz va uning metodlari. Eritmalar konsentratsiyalari: titr, normal konsentratsiya.
10. Neytrallash metodi. Indikatorlar nazariyasi. Titrlashdagi asidometrik va alkalimetrik usullar.
11. Redoksimetriya metodi va uning turlari. Nernst tenglamasi. Redoks potensiometrik muvozanat konstantasi.
12. Cho‘ktirish metodi va uning turlari. Argentometriya. Merkurometriya va merkurometriya metodlarining moxiyati.
13. Kompleksonometrik titrlash metodi va uning moxiyati. Kompleksonometrik titrlashda qo‘llaniladigan usullar.
14. Analizning fizik va fizik – kimyoviy metodlarining mohiyati. Optik metodlar moxiyati. Eritmalar tomonidan yorug‘likning yutilish qonunlari.
15. Analizning elektrokimyoviy metodlarini nazariy asoslari. Konduktometrik, potensiometrik, polyarografik titrlash metodlari.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |