Namangan davlat pedagogika institutining bts-eu-23 guruh talabasi Nazaraliyeva Navbahorning Falsafa fanidan tayyorlagan slaydi


Download 12.59 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi12.59 Kb.
#1832548
  1   2   3
Bog'liq
Taqdimot (3)

Namangan davlat pedagogika institutining BTS-EU-23 guruh talabasi Nazaraliyeva Navbahorning Falsafa fanidan tayyorlagan slaydi

Etikaning kategoriyalari

  • REJA:
  • Axloq kategoriyalarining mazmuni va moxiyati.
  • Vijdon kategoriyasi va iymon tushunchasi.
  • Sha’n va or-nomus kategoriyalarining jamiyat hayotidagi o’rni.

Axloq kategoriyalarning mazmun va mohiyati

  • Kategoriya (lot) – hukm ta’rif ma’nosini anglatadi. Etika kategoriyalari jumlasiga: yaxshilik va yomonlik, burch, adolat, vijdon, sha’n va or-nomus kabilar kiradi.
  • Etika kategoriyalarining o’ziga xosligi shundan iboratki ularda fan sifatida etikaning amaliy asosini tashkil etuvchi aniqlik eng muhim tomonlari va elementlari umumlashtirilgan holda o’z ifodasini topadi. Etika kategoriyalari axloqiy munosabatlarning ob’ektiv qonuniyatlarini jamiyat axloqi hayotini hamma tomonlari va rang-barangligini aks ettiradi. Ularda kishilar xatti-harakatlari, qiliq va xulq atvorlari maqullanishi yoki qoralanishi o’z aksini topadi.
  • Axloq kategoriyalari o’z mazmuni jixatidan ob’ektivdir. Etika kategoriyalarining ko’pchiligi qutbiy, qarama-qarshi harakterga ega, chunonchi yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik kabi. Har bir kategoriyaning o’ziga xos xususiyatlari bor va uning bilan jamiyat o’rtasidagi aloqaning ma’lum tomonlarini aks ettiradi, ilmiy bilimning turli pogonalarini ifodalaydi. Ba’zi bir kategoriyalar axloq sohasini nisbatan juda keng kamrab oladi va o’z mazmuniga ko’ra bir muncha umumiy hisoblanadi, boshqalari esa nisbatan tor kategoriyalar bo’lib, axloqiy munosabatlarni shaxsning ichki dunyosi orqali bir muncha yakqol aks ettiradi.
  • Yaxshilik va yomonlik axloqiy ongning birmuncha umumiy tushunchalariga mansub bo’lib, axloqlik va axloqsizlikning ma’nosi, mazmuni shuningdek farqi hamda qarama-qarshiligini yaxlit bir shaklda ifoda etadi.
  • Insonlar bu kategoriyalar yordamida tevarak atrofimizda, kundalik hayotimizda ruy berayotgan hamma xodisalarni baholaydilar hamda ma’no mazmuniga yetadilar.
  • Yaxshilik va yomonlik o’zaro munosabatli, ayni vaqtda kutbiy va bir-birini inkor etuvchi kategoriyalaridir. Agar yaxshilik kategoriyasida birmuncha ijobiy ya’ni axloqiy idealiga mos keladigan narsalar haqida tasavvurlar jamlanib, yomonlik tushunchasida kishilarning idealiga zid keladigan, baxtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarda insoniylik o’zaro hurmat-izzatga tuskinlik qiluvchi tushunchalar va tasavvurlarni ifodalaydi. Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo’ladilar: nafis tarbiya topib, yaxshilik qilishga odatlangan yaxshi xulqli va yomonlikka tavsif qilib yomon xulqli deb ataganlar.
  • Insoniyatning axloqiy taraqqiyoti qandaydir tugal bo’lishi mumkin emas. Yaxshilik hamisha konkretdir va o’zining ziddi yomonliksiz bo’lmaydi.
  • Yomonlik hamisha ham bizga ko’rinavermaydi, ba’zan xatto yaxshilik nikobi ostida ham ruy berishi mumkin.
  • Uni fosh etish va unga qarshi kurashish garchi kiyin bo’lsada sharafli vazifadir. Yaxshilik stixiyali ravishda tantana qilmaydi. Yomonlikni yo’qotish ko’p kuch va ko’rbonlar talab qiladi. Faqat yomonlikka qarshi aktiv kurash olib borishgina kishilarning axloqiy o’zaro munosabatlarida yanada insonparvarrok pog’onalarga kutarilishiga yordam beradi. Yaxshilik va yomonlikning individual rivojlanishi manfaatlariga mos keladigan birmuncha yuksakrok, oliyjanobrok nisbatning vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
  • Xalqimizning axloq andisha, sharmu xayo, halollik va pokizalik, inson qardu-qimmati to'g'risidagi tasavvurlarga zid bo’lgan Yevropa xalqlarining kuchayib borishi milliy inqiroz alomatlarining kuchayishiga olib keladi.
  • Shu sababli ma’naviy tubanlikning chuqurlashishiga G’arb mamlakatlarida keng tarqalgan bag’ritoshlik, qotillik, maishiy buzuqlik kabilar aks etgan filmlar, jurnallar, adabiyotlar ta’siri ham juda katta bo’ldi.

Download 12.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling